"AQSh bizni urushga juda erta boshlagandi"

Image copyright AFP

AQSh Buyuk Britaniyani Iroqqa qarshi harbiy amaliyotlarga "juda erta" boshlagan.

Bu haqda Britaniyaning BMTdagi sobiq elchisi Ser Jon Chilkot hisoboti e‘lon qilinishi ortidan gapirgan.

Uzoq kutilgan hisobotda sobiq bosh vazir Toni Bleyr Saddam Husayn solishi mumkin bo‘lgan tahdidni bo‘rttirgan va "aniq ogohlantirishlar"ga qaramay, urushning Iroq va mintaqaga qanday ta‘sir qilishi mumkinligini to‘g‘ri baholay olmagani aytildi.

Sobiq elchi Ser Jeremi Grinstokning bildirishicha, janob Bleyr harbiy amaliyotlar BMT rezolyutsiyasi bilan dastaklanishini va biroz kutishni istagandi.

Ammo, 2003 yil BMT elchisi bo‘lgan Grinstok janoblarining BBCga gapirishicha, Amerika rasmiylari bu "bekorga vaqtni sarflash" deb o‘ylaganlar.

Ser Jeremi Grinstokka ko‘ra, Iroqdagi qurol-yarog‘ nazoratchilariga yana 6 oy muhlat berilganda "anchayin xavfsizroq" bo‘lgan bo‘lardi.

"O‘sha paytda menga, britaniyaliklarga va o‘ylashimcha, bosh vazirga amerikaliklar bizni harbiy amalga juda erta boshlagandek tuyulgandi", deydi BMT sobiq elchisi BBC bilan suhbatda.

Yetti yil davom etgan tekshiruvning xulosasi - Chilkot hisoboti chorshanba kuni chop etildi.

"Iraq Inquiry" deb nom olgan tekshiruv raisi Ser Jon Chilkotning aytishicha, sobiq bosh vaziri Toni Bleyr puxta hozirligi yo‘q qo‘shinlarni jangga yo‘llagan va bu amallarning oqibatlari yuzasidan "talabga javob bermaydigan" rejalar bilan urushga kirgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq