Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Nuh payg‘ambar kemasi nusxasini yasadilar

AQShning Kentukki shtatidagi Uilyamstaun shahrida Nuh payg‘ambar kemasining nusxasini yasadilar.

7 iyul kuni Nuh payg‘ambar kemasining jamoatchilikka tanishtirish marosimi bo‘ldi.

Kemani tomosha qilishga ko‘p sonda odamlar yig‘ildilar.

Yog‘och kemani yasash 100 million dollarga tushdi, demoqdalar tashkilotchilar.

Kemaning uzunligi 155 metr, eni 26 metr.

Uning ichida nasroniylik muzeyi, teatr va restoran joylashgan.

Nuh payg‘ambar o‘zi bilan birga olgan deb ko‘riladigan hayvonlarning haqiqiy kattalikdagi haykallari o‘rin olgan.

Musulmonlar ham Nuh payg‘ambarning Ollohning amri bilan ulkan kema qurgani, dunyoda bor hayvonlardan bir nusxadan kemasiga olgani, butun dunyoni suv bosib faqat payg‘ambar kemasida bo‘lganlar tirik qolganiga ishonadilar.

Sharhsiz video.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring