Britaniyaning ayol bosh vaziri kim bo‘ladi?

Image caption Tereza Mey va Andrea Ledsom

Andrea Ledsom va Tereza Mey Britaniya hukumatini boshqarayotgan Konservatorlar partiyasining rahbari bo‘lishni, va shu bilan, Buyuk Britaniyaning ikkinchi ayol bosh vaziri bo‘lishni xohlaydilar. Xo‘sh, bu ikki ayol o‘zi kim?

Tereza Mey

Yoshi: 59

Lavozimi: Tashqi ishlar vaziri, 1997 yildan beri parlament deputati, Meydenhed hududining vakili

Talimi: O‘rta maktab, Oksford universitetida geografiyadan ta‘lim olgan

Parlamentga saylanishgacha faoliyati: Angliya Markaziy bankida moliyaviy konsultant

Oilasi: Ingliz ruhoniyning yagona farzandi, Oksfordshir grafligida katta bo‘lgan, 36 yoshida turmushga chiqqan, farzandi yo‘q

Shaxsiy hayoti: O‘z shaxsiy hayoti haqida gapirishni yoqtirmaydi, lekin o‘tmishda farzandi yo‘qligidan afsus chekishini aytgan; ovqat pishirishni yaxshi ko‘radi va 100dan oshiq oshiq pazandalik kitoblari borligini aytadi; kriket sportini yaxshi ko‘radi

Andrea Ledsom

Yoshi: 53

Lavozimi: Energetika va iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha vazir muovini, 2010 yildan beri parlament deputati, Janubiy Nortxamptonshir hududiga vakillik qiladi

Ta‘limi: O‘rta maktab, Uorrik universitetida siyosatshunoslikdan ta‘lim olgan

Parlamentga saylanishgacha faoliyati: Bank ishi

Oilasi: Qurilish pudratchisining qizi, to‘rt yoshligida ota-onasi ajrashishgan; Kent grafligida katta bo‘lgan, 23 yoshida turmushga chiqqan, ikki o‘g‘il va bir qizning onasi

Shaxsiy hayoti: Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlar bilan shug‘ullanuvchi xayriya tashkilotiga yordam beradi; taqvodor nasroniy, boshqa deputatlar bilan Bibliyani o‘rganish bo‘yicha guruhlar yig‘inlarida ishtirok etadi; "To‘rtta to‘y va bitta dafn marosimi" filmini yiliga kamida bir marta ko‘radi; regbi sportini yoqtiradi

Asosiy takliflari:

Tereza Mey: "Biz o‘ta qisqa muddat ichida siyosiy barqarorlik va iqtisodimizga bo‘lgan ishonchni qayta tiklashimiz kerak, partiya va mamlakatni birlashtirishimiz, shuningdek, Ovro‘po Ittifoqi tarkibidan oqilona va qadamma-qadam chiqish yo‘lida muzokaralarni olib borishimiz kerak. Undan tashqari, biz Britaniyani nafaqat nufuzli sinflar, balki har bir fuqaroning manfaati uchun ishlaydigan mamlakatga aylantirishimiz kerak".

Andrea Ledsom: "Men mamlakatimizning barcha burchaklariga farovonlikni bo‘lashib berishni xohlayman. Men ish o‘rinlari yaratilishiga yordam berishni istayman, chunki biz o‘z ovozlari eshitilmay qolayotganini aytayotgan millionlab vatandoshlarimizga quloq tutishimiz kerak". "Breksit"ga munosabati

Tereza Mey: Ovro‘po Ittifoqiga a‘zolikni rasman qo‘llab-quvvatlagan, lekin referendumdan oldingi kampaniyada deyarli ishtirok etmagan. Hozir esa xalq xohishini qabul qilishini aytadi.

Andrea Ledsom: Ovro‘po Ittifoqidan chiqib ketish bo‘yicha kampaniyaning rahbarlaridan biri, lekin 2013 yilda qilgan bayonotlariga ko‘ra, Britaniya Ovro‘po Ittifoqi tarkibida qolishini istagan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring