"20 yil mobaynida biz juda ko‘p imkoniyatlarni qo‘ldan boy berdik..."

Barzu Abdurazzoqov, Tojikistonda xizmat ko‘rsatagan san‘at arbobi, rejissyor.

Фото муаллифлик ҳуқуқи none

Ittifoq qulagan yili men 31 yoshda edim. O‘shanda ham men teatr bilan shug‘ullanardim, spektakllar qo‘yardim, rejalarim hamisha katta edi. Tetar Tojikistonda gurkirab o‘sib kelmoqda edi. Ittifoq qulashi ro‘y bergan vaqtda Tojikistonda bizga o‘xshagan insonlar guruhi buni juda ijobiy qabul qildik. Chunki biz allaqachon mustaqil bo‘lishimiz kerakligi, o‘zimizning davlatchiligimiz, pul birligimiz bo‘lishi, o‘z yo‘limizdan ilgari siljishimiz kerak, deb o‘ylardik.

Lekin biz tez orada bu hodisalardan so‘ng qonga botamiz deb o‘ylamagandik, chunki hech narsa, hech narsa bundan dalolat bermagandi. Va birdaniga bu fojea ro‘y berdi va hamma umidlarimiz chilparchin bo‘ldi. Tom ma‘noda qonga botib, bo‘g‘ila boshladik. Tojikistonda yashab bo‘lmay qoldi. Muhojiratga yuz tutishga majbur bo‘ldim. Dastlab Mosvaga ketdim, keyinchalik Omskda, Qozonda va Magnitogorskda ishladim.

Bir necha muddatdan keyin baribir Tojikistonga qaytishga majbur bo‘ldim, oilam, bola-chaqam, onam shu yerda edi. Urush esa davom etardi. Ularning yoniga qaytishim kerak edi. Qaytdim, lekin mutlaqo ishsiz yurdim. O‘shanda o‘zbek do‘stlarim yordam qo‘lini cho‘zishdi. Toshkentga borib ko‘plab spektakllar qo‘ydim. Bilasizmi, o‘sha yillar mashaqqatlari natijasida biz birdaniga o‘sib, ulg‘ayishga majbur bo‘ldik. Balkida birdaniga qarib ham qolgandirmiz...Olti-etti yil ichida cho‘kib, qaddimiz bukilib qoldi. O‘ngimizda bir jarlik bordek va hech qanday yorug‘lik yo‘qdek ko‘ringandi...Nonga navbatda turishlar, soatlab benzin kutish, senga yoki yaqinlaringa bir narsa bo‘lib qolishi haqida doimiy qo‘rquv... Bularning hammasi qalbimizga katta darz yetkazdi...

Sovet Ittifoqi katta bir birodarlik oilasi edi. Qayerga bo‘lmasin, Armanistonmi, Litvami, Gurjistongami borib ishlash imkoniga ega edik. Hammamiz do‘st inoq edik, umumiy bir tilda - hammamizga ona tili bo‘lib qolgan rus tilida gaplashardik, biri birimizdan ko‘plab narsalarni o‘rganardik. Lekin boshqa tomondan Sovet Ittifoqi qulaganidan mamnunman, chunki ertami kechmi mustaqil yashashni o‘rganishimiz kerak edi, dunyoga yangicha qarashni, huddi falaj holatidan so‘ng yangitdan harakat qilishni o‘rgangandek yangi harakatlarni o‘zlashtirishimiz kerak edi. Albatta bularning hammasi tasavvurga chig‘dirish qiyin bo‘lgan darajada og‘riqli... Lekin eratami kechmi bu jarayonlarni boshlash kerak edi...Lekin men bu hodisalar bo‘lib o‘tganidan hech afsusda emasman, aksincha xursandman...

Mamlakatimiz qanchalik ilgari siljiy olganini menga baholash qiyin. Mana hozir men Dushanbe shahri naq markazida turibman, atrofga qarab bu yerda bo‘lib o‘tayotgan hodisalardan juda yuragim og‘riydi. Davlatimiz u qadar oldinga keta olgani yo‘q. Qandaydir yangi binolar qurilgandir, mustaqillikning 20 yiligiga tayyorgarlik ko‘rilib, ta‘mirlash ishlari ketmoqda. Balkim qandaydir tajribaga erishdik va bu tajriba kelajakda as qotib qolar, ilagri siljish uchun tezlikni oshirishimizga ko‘mak berar...

Albatta 20 yil bu katta muddat. 20 yil avval tug‘ilgan bola hozirda o‘zi farzandli bo‘lishga tayyor. Lekin 75 yil mobaynida markazning yordamiga qaram bo‘lib qolgan, o‘zi hech qanday qaror qabul qilishga imkonsiz va haq-huquqi bo‘lmagan mening mamlakatim uchun 20 yil mobaynida mustaqil bo‘lishni o‘rganib olish qiyin. Balkim bizning nimadadir omadimiz chopmagandir. Rahbariyatimiz u qadar yaxshimasdir, biron qadam qo‘yish oldidan o‘zimizni juda uzoq u yoq- buyoqqa tashlayotgandirmiz...Mustaqillik isidan xushnud bo‘lib, boshimiz aylanib, ayni vaqtda bironta ham korxona qurmagandirmiz... 20 yil mobaynida biz juda juda ko‘p narsalarni qurmadik, qo‘ldan boy berdik... Lekin barbir afsuslanmayman. Bir kun kelib osmonimiz yaraqlaydi, mening bunga ishonchim komil...mana ko‘rasiz...

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди