Qozog‘iston mustaqilligi: "Siyosiy sohada biz bir yerda depsinib turibmiz"

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Baxitjon Toregojina, "Or. Ruh. Haq" tashkoloti rahbari.

Фото муаллифлик ҳуқуқи none

1991 ili men 29 yoshdagi yosh mutaxassis edim, oilam bilan Taldiqo‘rg‘on shahrida yashardim. Shahar hokimiyatida ijtimoiiy ta‘minot bo‘limida ishlardim.

O‘sha yillari mamlakatda Boltiqbo‘yi respublikalari Ittifoqdan ajrab chiqarmish, degan juda ko‘p gap so‘zlar yurgandi. Faol mavqega ega fuqaro sifatida oilamizning hamma a‘zoalri hamisha gazetalarni o‘qib borib, hodisalardan xabardor bo‘lishga harakat qilardik. Havoda qandaydir tushunarsiz hodisalar ro‘y berayotgani islari kezib yurardi o‘shanda. Baqarorlik hissi yo‘qolayotganini sezardik. Avvallari do‘konlar peshtaxalari bo‘sh bo‘lsa ham, bu holat hamisha bo‘ladi, degan barqaorlik bor edi . O‘sha yili esa bu kabi barqarorlik yo‘qolib borayotgani sezila boshladi.

Belovejsk o‘rmonida uch respublika rahbarlari yig‘ilib endilikda amalda mustaqil davlatlar ittifoqi tashkil etilishi haqida e‘lon qilshgan vaqti, bilasizmi siyosat bilan hamisha qiziqib kelgan shasxan men bunga ishonamdim. Bu nimani angalatar ekan, avvalgi davlatimizning boshqacha shakli bo‘lsa kerak, deb o‘yladim o‘zimcha. Rahabarimiz Nazarboyev esa anchayin kutuvchi bir mavqeda egalladi. O‘sha hodissalarga o‘z mavqeini e‘lon qilguncha agar adashmasam uch oycha vaqt o‘tdi. Boshqa hamma respubliklar o‘z mustaqilligini e‘lon qilib ulgurdi hamki, biz bunday qilmagan yagona mamlakat edik.

Milliy pul birligimiz tanga tadbiq qilinib, Londonda chop etilgan pullar qo‘limizga kelib tushganda, g‘urur his qila boshladik. Ana o‘shanda erkin oqimda suza boshlaganimizni his qildik. Bozor iqtisodi degan bosqich boshlandi. Biz hammamiz shuni anglab yetdikki agar avvallari davlat ish, maosh va ko‘chada qolmasligingga kafolat bergan bo‘lsa, endilikda hamma o‘zi omon qolish uchun harakat qilishi kerak ekan. Hayotning shiori -o‘zing tirish va boyigin bo‘lib qoldi. Men ham biznes bilan shug‘ullana boshladim. Ko‘plab do‘stlarim ham shunday qilishdi.

Bozor iqtisodi va keyingi hayot shuni ko‘rsatdiki, hamma ham yangi sharoitlarga ko‘nika olmas ekan. Oliygohda zo‘rg‘a uchga o‘qib yurganlar a‘lo baholarga o‘qignalardan ko‘ra bozor sharoitiga yaxshiroq moslasha ola bilishlarini namoyon qilishdi. Yaqindagini oliygohda birga o‘qigan do‘stimni uchratib qoldim. A‘lo bahoga o‘qigan, adolat hissi kuchli bo‘lgan, men bilan unga o‘xshaganlar, haqiqatgylardan ko‘ra ikki-uchga o‘qib yurganlar yangi hayotga moslashishga ko‘proq layoqatli ekanliklari haqida gaplashdik. Biz bilan birga o‘qigan ikki kishi bozor sharoitiga chiday olmay olamdan ko‘z yumishdi, biz esa ikkimiz muxolifat tomoniga o‘tib qoldik.

Mustaqillik balkim bizning Qozog‘istonimiz hayotiga u qadar ko‘p o‘zgarishlarni olib kela olmadi. Chunki bizga ilgari qadam qo‘yish imkoni berilmadi. 1991 yildan 2011 yilgacha birgina prezident Nazarboyev mamlaktani boshqarmoqda, unda esa kommunistik dunyoqarash, odat va tushunchalar saqlanib qolgan. Ana shu jihatdan biz bir yerda depsinib qoldik. Agarda har gal yangi shaxsni saylash imkoni bo‘lganida bu ilgari siljish bo‘lardi. Afsuski bu holat bizda ro‘y bermadi. Shuning uchun bizda mamlakat g‘ururlanishi va obro‘ ortirishi mumkin bo‘lgan haqiqiy o‘zgarishlar va muvaffaqiyatlar yo‘q. Agarda har saylovlarda yangi shaxs va yangi g‘oyalar kelganda ilgari siljigan bo‘lardik. Albatta Qozog‘istonning mustaqilikka erishgani bu ulkan muvaffaqiyat, va bu tarixiy ahamiyatga ega hodisa. Lekin mustaqillik ham turlicha bo‘ladi. Biz o‘tgan 20 yil ichida bu mustaqillik bilan nima qilish kerakligini bilmadik. Natija shuki biz bir yerda turib qolganmiz.