Сўнгги янгиланиш 28 ноябр 2011 - 14:26 GMT

"Qiziquvchan" Mirrix sayyorasiga yetib borib nima qilmoqchi?

26 noyabr kuni Amerikaning NASA Fazo agentligi Curiosity deb nomlangan maxsus robotini fazoga uchirdi.

Curiosity("Qiziquvchan")ning ichiga shu kecha-kunduzdagi juda murakkab jihoz va uskunalar o‘rnatilgan.

Bu jihozlarni ishga solish asnosida qo‘lga kiritilgan ma‘lumotlar Mirrix sayyorasida hayot bormi yoki yo‘qligini aniqlashga yordam beradi, deb umid qilinmoqda.

Curiosity sayyora sathiga tushib, uning tuprog‘i namunasini oladi va tekshiradi.

Mutaxassislar rejalagan joyda oltingugurt va tuproq qorishmasi mavjud, bu qorishma esa suv mavjud joyda paydo bo‘ladi.

Suv yoki vodorod esa hayot mavjudligining asosiy isboti hisoblanadi.

Yer bilan "Qizil sayyora" o‘rtasidagi masofa 570 million kilometrni tashkil etadi.

Qiziquvchan yoki sinchkov olti oyoq Mirrixdayurarni kashf qilgan olimlarga ko‘ra, u bu masofani sakkiz oyu 15 kunda uchib o‘tishi kerak.

Curiosityning og‘irligi qariyb 1 tonnani tashkil etadi.

Kashfiyotchilar uni Mirrix sathiga tushirish ustida ancha bosh qotirganlar.

Sababi 1960 yillardan buyon Qizil sayyorani mo‘ljallab 40 martacha raketa uchirilgan, ularning aksari muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Bu gal Mirrix kashshofini havo yostig‘idan tarkib topgan pillaning ichida emas, "havo krani" orqali silliq quruqlikka tushirishmoqchi.

Curiosity missiyasi fazoni o‘rganish maqsadidagi eng qimmat loyihalardan biri bo‘lgan, ushbu maqsadga 2,5 milliard dollar sarflangan.

Loyiha mualliflari fikriga ko‘ra, "Qiziquvchan" Mirrixda o‘sha sayyoraning bir yili - Yer sayyorasining 687 kuniga teng fursat yashaydi.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.