Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Paxta: Pestitsidning giyohlisi ham bor...

Paxta yetishtirish bo‘yicha dunyoning eng peshqadam davlatlaridan biri bo‘lgan Pokistonda hozirga kelib kimyoviysining o‘rniga faqat giyohli pestitsid qo‘llayotgan dehqonlarning soni 100.000 ga yetibdi.

Ularning so‘zlariga tayanilsa, bu ishda Jahon Tevarak-Muhitni Asrash Jamg‘armasining yordami katta bo‘libdi.

Ushbu xalqaro jamg‘arma, qariyb o‘n yildirki, pokistonlik dehqonlarni kimyoviy pestitsidlardan butkul voz kechishga undab keladi.

Sobiq Sho‘rolar Ittifoqi davrida zaharli pestitsidlar O‘zbekiston paxta dalalarida ham keng qo‘llanilgan.

O‘zbek matbuoti Sho‘ro davrida g‘o‘za bargini to‘kishda ishlatilgan pestitsidlarning atrof-muhit va odamlarga halokatli ta‘siri haqida ko‘p yozgan.

O‘zbekiston hududida qo‘llanilgan pestitsidlarning eng xavflisi SOZ nomi bilan bilingan Mustahkam Organik Zaharlovchilar bo‘lgani aytiladi.

O‘zbekistonda pestitsidlarni ishlatish Sovet davridagisidan sezilarli darajada kamaygani aytilsa-da, ularning hamon qo‘llanayotganiga oid xabarlar ham yo‘q emas.

Giyohli yoki tabiiy pestitsidlar esa, ham insonlar salomatligi va ham atrof-muhit uchun zararsiz hisoblanadi.

Shu bois ham, dunyo bo‘ylab bu kabi pestitsidlardan foydalanayotganlar soni kun sayin ortib bormoqda ekan.

Pokistonlik dehqonlarning tajribasi nimalarga dalolat qiladi?

Janubiy Panjob viloyatidan muxbirimiz Zahiriddin Bobur videolavhasida tomosha qiling.