Endi sil xastaligini uch kunda aniqlash mumkin bo‘ladi, qanday qilib deysizmi?

Inson tanasida sil tayoqchalari bor-yo‘qligini aniqlash maqsadidagi an‘anaviy tekshiruvga 125 yil bo‘ldi, tekshiruv natijasi ma‘lum bo‘lishi uchun uchun oy muddat talab qilinadi.

Yangi tekshiruv uch soat ichida tekshiruv natijasini chiqarib beradi.

Bu tekshiruvda avvalgisidik so‘lak emas, zamonaviy DNK texnologiyasidan foydalaniladi.

Yangi tekshiruv faqatgina natijani qisqa fursat mobaynida ma‘lum qilishi bilan faqr qilmaydi, shuningdek, endi eski tekshiruvda bo‘lganidek ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar ham talab qilinmaydi.

Yangi tajribani qo‘llab, nafaqat ko‘p sondagi mijozlarni tekshirish, balki tashxisni ham tezroq qo‘yish imkonini beradi.

Jahon Sog‘likni saqlash tashkilotiga ko‘ra, yangi usul xastalikka qarshi davolashni ham zudlik bilan boshlashga izn beradi.

Yangi usul sil xastaligining dori-darmonga chidamli turini yuqtirgan bemorlarning, VICh virusi bilan yashayotgan insonlarning ham darrov tashxisini aniqlab beradi, oldingi tekshiruvda ba‘zan natijalar ko‘zlanganidek chiqmay qolgan holatlar ham bo‘lar edi.

Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti yangi tekshiruv usuli sil xastaligi ko‘p uchraydigan mamlakatlar, masalar Afrika mamlakatlarida joriy etilishi kerak, degan tavsiyani bermoqda.

O‘tgan yili tuberkulyoz 1 million 700 ming insonning umriga zomin bo‘lgan.

Xastalikni tez aniqlash va davolashni tezda boshlash ming-minglab odamning hayotini saqlab qoladi, deydi Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti.