O‘zbekiston FIFA reytingida 31 o‘rin yuqoriladi, bu O‘zbek futboli yutug‘iga dalolatmi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xalqaro Futbol Uyushmasi(FIFA)ning bu yilgi reytingida 31 o‘rin yuqorilab, rekord natija ko‘rsatdi.

O‘tgan yili 108-o‘rinda bo‘lgan milliy terma jamoa Qatardagi Osiyo Kubogida qo‘lga kiritgan natijalari ortidan 77-o‘ringa chiqib oldi.

O‘zbekistonlik futbolchilar kuni-kecha yakun topgan Osiyo kubogida ilk bor yarim finalga chiqib, o‘yinlarni to‘rtinchi o‘rin bilan yakunlashga muvaffaq bo‘lishgandi.

Bu - O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘z tarixida qo‘lga kiritgan eng yuksak ikki yutug‘idan biri ekani aytiladi.

O‘zbekistonlik futbolchilar 1994 yilgi Osiyo O‘yinlari chempioni bo‘lishlari ortidan qit‘a tarixida bu kabi natijaga erishishmagandi.

Ammo shunda ham yangi raqamlar O‘zbekiston milliy terma jamoasining yaqindagina FIFA reytingida egallagan eng yuqori ko‘rsatkichidan ancha pastdir.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2006 yilda dunyoning manaman degan milliy terma jamoalarini ortda qoldirib, FIFAning reytingida 45-o‘ringa chiqishga muvaffaq bo‘lgandi.

Lekin bor-yo‘g‘i 4 yilning ichida 108-o‘ringa tushib qolishga ham ulgurgandi.

Bu orada o‘zbekistonlik futbolchilarning o‘tgan Jahon chempionatining final bosqich uchrashuvlariga chiqish yoki Osiyo O‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish urinishlari chippakka chiqdi.

FIFAning yillik reytingi esa, milliy terma jamoalarning turli xalqaro tadbirlarda erishgan yutuqlariga asoslanib ishlab chiqiladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yakuniy ballari bo‘yicha bu yil Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Eron va Xitoydan keyin Osiyo qit‘asida oltinchi o‘rinni egallagan.

Ammo bu Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Mintaqa davlatlari orasida ikkinchi natija ko‘rsatgan Turkmaniston O‘zbekistondan 56 o‘rin pastda.

Boshqa MDH davlatlari bilan taqqoslaganda ham, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya, Ukraina, Litva, Latviya, Armaniston va Gurjistondan keyin yettinchi o‘rinda keladi.

MDH davlatlari orasida 12-o‘rin bilan eng yaxshi ko‘rsatkichga Rossiya milliy terma jamoasi erishgan.

FIFAning bu yilgi reytingida yana Ispaniya peshqadamlik qilgan. So‘nggi Jahon chempioni ortidan yuqori uchlikka Hollandiya va Olmoniyalar kirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Biz o‘zbekistonlik faxriy futbol sharhlovchisi Axbor Imomxo‘jayev bilan bog‘lanib, so‘nggi yangilik O‘zbekiston futboli uchun nimani anglatadi, deb so‘radik:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди