Server Jepparov o‘zbekistonlik "eng qimmat legioner"ga aylandi

So‘nggi xabarlardan ayon bo‘lishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jepparov Saudiya Arabistonining "Al-Shabab" klubi bilan 8 million dollarga teng shartnoma imzolab, o‘zbekistonlik eng qimmat legioner futbolchiga aylandi.

Bu haqda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tarqatgan xabarlarda aytiladi.

Ammo, ayrim manbalarga ko‘ra, Osiyoning 2008 yilgi "Eng yaxshi futbolchisi" Server Jepparov Saudiya Arabistoni klubiga 3.200 dollarga tushgan.

"Bunyodkor" yulduzi so‘nggi mavsumni Janubiy Koreyaning "Seul" jamoasida o‘tkazgandi.

O‘zbekistonlik sara futbolchi to‘p surgan mavsumda oradan 10 yil o‘tib, "Seul" yana Janubiy Koreya chempioni ham bo‘lgandi.

"Seul"ning bu kabi yutug‘ida Server Jepparovning ham ulushi ozmuncha bo‘lmagani aytiladi.

28 yoshli Serverning besh karra Saudiya Arabistoni chempioni bo‘lgan "Al-Shabab" bilan shartnomasi uch yilga mo‘ljallangan.

Serverning o‘zi "Seul"dan "Al-Shabab"ga o‘tishi futbolchilik karьerasida oldinga qo‘yilgan ijobiy qadam ekanini aytmoqda.

"Ham mahoratini yaxshilash va ham arab futbolini chuqurroq o‘rganishi ma‘nisida "Al-Shabab"ga o‘tishi Server Jepparovga yaxshi bo‘ldi", deydi o‘zbekistonlik taniqli futbol sharhlovchisi Abror Imomxo‘jayev.

Abror Imomxo‘jayevga ko‘ra, Braziliya va Argentinalik qator legionerlarning Saudiya Arabistonida to‘p surishi ham Serverga nihoyatda qo‘l keladi.

"Al-Shabab"ga o‘z vaqtida braziliyalik dongdor murabbiy Luiz Felippe Skolari ham boshchilik qilgan.

O‘zbekistonliklar sardori endi "Al-Shabab"ning shu yil iyun oyida tayin etilgan yangi bosh murabbiysi, belgiyalik Mishel Pryudomm qo‘l ostida to‘p suradi.

Server Jepparov Janubiy Koreya Oliy ligasida o‘ttizdan ortiq uchrashuv o‘tkazgan.

So‘nggi yillarda Saudiya Arabistonining ko‘zga ko‘ringan jamoalardan bo‘lgan "Al-Shabab"ning o‘yini anchayin orqaga ketgan.

Jamoa qanday qilib bo‘lmasin, yangi mavsumda o‘z natijalarini yaxshilash niyatida.

Saudiya Arabistonining eng tajribali klublaridan bo‘lgan "Al-Shabab" o‘tgan yili milliy chempionatda to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyatlangan.

Osiyo chempionlar ligasidagi ishtirokiga ham muddatidan burun yakun yasagan.

Ammo klubga Osiyo chempionlar ligasi yaxshi sinashta - jamoa o‘z vaqtida o‘yinlarning chorak va yarim finaliga ham chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Ayrim xabarlarda "Al-Shabab"ning "Paxtakor" klubi sobiq sardori Odil Ahmedov va "Bunyodkor" o‘yinchisi Azizbek Haydarovlarga ham qiziqish bildirgani aytilgandi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Server Jepparov sardorligi ostida Qatarda bo‘lib o‘tgan so‘nggi Osiyo Kubogi o‘yinlarida qoyilmaqom o‘yin ko‘rsatib, o‘z tarixida ilk bor qit‘aning eng yaxshi to‘rt jamoasi saflariga kirgandi.

Serverning iyul oyi oxirlarida yangi jamoasiga qo‘shilishi aytilmoqda.

So‘nggi xabarlardan ayon bo‘lishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jepparov Saudiya Arabistonining "Al-Shabab" klubi bilan 8 million dollarga teng shartnoma imzolab, o‘zbekistonlik eng qimmat legioner futbolchiga aylandi.

Bu haqda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tarqatgan xabarlarda aytiladi.

Ammo, ayrim manbalarga ko‘ra, Osiyoning 2008 yilgi "Eng yaxshi futbolchisi" Server Jepparov Saudiya Arabistoni klubiga 3.200 dollarga tushgan.

"Bunyodkor" yulduzi so‘nggi mavsumni Janubiy Koreyaning "Seul" jamoasida o‘tkazgandi.

O‘zbekistonlik sara futbolchi to‘p surgan mavsumda oradan 10 yil o‘tib, "Seul" yana Janubiy Koreya chempioni ham bo‘lgandi.

"Seul"ning bu kabi yutug‘ida Server Jepparovning ham ulushi ozmuncha bo‘lmagani aytiladi.

28 yoshli Serverning besh karra Saudiya Arabistoni chempioni bo‘lgan "Al-Shabab" bilan shartnomasi uch yilga mo‘ljallangan.

Serverning o‘zi "Seul"dan "Al-Shabab"ga o‘tishi futbolchilik karerasida oldinga qo‘yilgan ijobiy qadam ekanini aytmoqda.

"Ham mahoratini yaxshilash va ham arab futbolini chuqurroq o‘rganishi ma‘nisida "Al-Shabab"ga o‘tishi Server Jepparovga yaxshi bo‘ldi", deydi o‘zbekistonlik taniqli futbol sharhlovchisi Abror Imomxo‘jayev.

Abror Imomxo‘jayevga ko‘ra, Braziliya va Argentinalik qator legionerlarning Saudiya Arabistonida to‘p surishi ham Serverga nihoyatda qo‘l keladi.

"Al-Shabab"ga o‘z vaqtida braziliyalik dongdor murabbiy Luiz Felippe Skolari ham boshchilik qilgan.

O‘zbekistonliklar sardori endi "Al-Shabab"ning shu yil iyun oyida tayin etilgan yangi bosh murabbiysi, belьgiyalik Mishel Pryudomm qo‘l ostida to‘p suradi.