Faollar Jasliq qamoqxonasida A'zam Farmonov bilan uchrashgan

A'zam Farmonov Фото муаллифлик ҳуқуқи Ezgulik

O'zbekiston inson huquqlari "Ezgulik" jamiyati xabar berishicha, faollar Vasila Inoyatova hamda Abdurahmon Tashanov Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining Jasliq qamoqxonasida saqlanayotgan faol A'zam Farmonov bilan uchrashganlar.

Ezgulik jamiyatining matbuot xizmati xabarida aytilishicha, uchrashuv 19 avgust kuni bo'lib o'tgan.

Uchrashuv chog'ida huquq faollari A'zam Farmonovning bugungi ahvoli, sog'lig'i bilan qiziqishgan.

Shuningdek, huquq himoyachilari va xalqaro tashkilotlar tomonidan uning ozodligi uchun uyushtirilayotgan petitsiyalar haqida ma'lum qilishgan.

A'zam Farmonov o'zining sog'lig'i yaxshiligi, qamoqxona ma'muriyati va xodimlar tomonidan ruhiy va jismoniy qiynoqlar yo'qligini bildirdi, deyiladi xabarda.

A'zam Farmonov 3 hafta oldin jazoni ijro etish muassasasining tibbiy bo'limida oshqozon gastriti xastaligidan davolangan va hozirda o'zini yaxshi his qilayotganini, ruhan tushkun emasligini aytgan.

A'zam Farmonov tovlamachilikda ayblanib, 2006 yil 9,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.

2016 yilning mayida jazo muddati tugash arafasida unga qamoqxona ichki tartibini buzganlik aybi bilan 5 yilu 26 kun muddat qo'shib berilgan.

Xalqaro tashkilotlar O'zbekiston hukumatidan qamoqxonadagi siyosiy tutqunlarni ozod qilishni talab qilganlar qatorida A'zam Farmonov ham bor.

O'zbekiston hukumati "Ezgulik" inson haqlari jamiyatiga Qoraqalpog'iston, Qashqadaryo va Navoiydagi qamoqxonada 10 nafar siyosiy va diniy tutqunlar bilan uchrashuvga ruxsat bergan.

Huquq faollari o'tgan oyda qamoqda Muhammad Bekjon bilan uchrashishga muvaffaq bo'lgandilar.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring