O'zbekistonliklar kelgusi yakshanbada ishlashadi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan O'zbekistonda dam olish kuni 2 sentyabrga ko'chirilib, 4 sentyabr, yakshanba ish kuni deb e'lon qilingan.

Bu haqdagi qarorni Prezident Islom Karimov 26 avgust kuni imzolagani xabar berilgan.

Qaror matniga ko'ra, "O'zbekiston Mustaqilligining yigirma besh yilligini nishonlash, aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida" dam olish kuni ko'chirilgan.

Shu munosabat bilan ta'lim dargohlarida ham o'quv yilining 4 sentyabrda boshlanishi kutiladi.

Bi-bi-si gaplashgan toshkentliklarning aytishicha, poytaxtda bayramoldi hasharlari tashkillashtirilib, ko'chalar tozalanyapti.

Viloyatlarda ham tozalik haftasi joriy qilingan.

Lekin ko'pchilik Prezident Islom Karimovning salomatligi haqidagi xabarni eshitmagan. "Ko'pchilik O'zbekiston televideniesini ko'rmaydi uchun bu xabarni ham eshitmagan bo'lsa kerak. Hech kim hech narsa demayapti", deydi poytaxtlik yashovchi Bi-bi-siga.

28 avgust kuni davlat nazoratidagi Milliy Axborot agentligi Prezident Islom Karimov statsionar davolanishda ekani haqidagi xabarni tarqatdi.

Vazirlar Mahkamasi nomidan e'lon qilingan xabarda yozilishicha, Prezident Karimov uchun "to'liq tibbiy ko'rik va davolanish jarayoni uchun muayyan vaqt

talab etiladi".

Hukumat xabarida Prezident Karimovning sog'ligi yomonlashgani sababi aytilmagan.

27 avgust kuni Internet sotsial tarmoqlarida 78 yoshli Prezident Islom Karimov kasal bo'lgani haqidagi xabarlar chiqdi.

Bundan oldingi yillarda ham Prezident Karimovning salomatligi yomonlashgani to'g'risidagi xabarlar paydo bo'lgan, lekin rasman bu haqda e'lon qilinmagan.

Prezident Islom Karimov sog'ligi mavzusi ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga aylangan.

Internet foydalanuvchilar hukumatning "Islom Karimov statsionarda davolanishda ekani" haqidagi xabariga o'z munosabatlarini bildirmoqdalar.

Feysbuk, Tvitter, Instagram va Odnoklasniki foydalanuvchilari Islom Karimovning tezroq sog'ayib ketishini tilaganlarini o'qish mumkin.

  • Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali
  • bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook- BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.