Islom Karimov Samarqandda tuproqqa qo'yildi

Prezident Karimov bilan vidolashuv Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters

O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning jasadi ortilgan tobut 3 sentyabr tongida uchoqda Toshkentdan Samarqand shahriga olib borilgan.

Registon maydonida janoza namozi o'qilgan. Dafn marosimiga Bosh vazir Shavkat Mirziyoev boshchilik qilgan.

Islom Karimov Hazrati Hizr qabristonida dafn qilingan.

O'zbekistonni 27 yil mobaynida boshqarib kelgan Karimovning vafoti munosabati bilan mamlakatda uch kunlik motam e'lon qilingan.

Kecha 2 sentyabrda Islom Karimovning olamdan o'tgani rasman e'lon etilgan edi.

Erta tongdan poytaxt ko'chalari chetida tizilgan odamlar orasidan motam korteji o'tgan, odamlar gullar tashlaganlar.

Toshkent aeroportida vidolashish uchun mingdan ortiq odam to'plangan.

Karimov tobuti oq mato va davlat bayrog'i bilan yopilgan.

Karimovning jasadini kuzatib kelgan yaqinlari ichida xotini Tatyana Akbarovna va kichik qizi Lola bor.

Фото муаллифлик ҳуқуқи BBC Uzbek

Bosh vazir Shavkat Mirziyoev ularni aeroportda kutib olgan.

Фото муаллифлик ҳуқуқи Internet

Lavhalarda Karimovning to'ng'ich qizi Gulnora ko'rinmaydi. Gulnora Karimovaning qaerdaligi noma'lum.

Фото муаллифлик ҳуқуқи BBC UZBEK
Image caption Ислом Каримов васиятига кўра, унинг жасади Самарқанд шаҳрида дафн этилди.

Samarqandliklar Islom Karimov bilan vidolashish uchun ko'chalarga chiqqanlar.

Samarqand osmoni juma kundan boshlab yo'lovchi uchoqlari uchun butkul yopilgan, barcha uchoqlar Toshkentga yo'naltiriladi.

Rasmiy ma'lumotga binoan, mahalliy vaqt bilan 2 sentyabr soat 20.55 da 78 yoshli prezidentning o'limi qayd etildi.

"Bosh miyada qayta tiklanmaydigan o'zgarishlarga va poliorgan etishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining o'tkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi", — deyiladi xabarda.

Фото муаллифлик ҳуқуқи BBC UZBEK

Dafn marosimini tashkil qilish komissiyasiga Bosh vazir Shavkat Mirziyoev rahbar etib tayinlangan.

Tahlilchilar Mirziyoevni eng ehtimoliy voris deb qarashmoqda.

Фото муаллифлик ҳуқуқи BBC UZBEK

Dafn marosimlarida davlat rahbarlari va hukumat a'zolari qatnashganlar.

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters

Samarqandga Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov, Afg'oniston Prezidenti Ashraf G'anilar borganlar. Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Tojik xalqi qardosh O'zbek xalqi bilan hamdard ekanini aytgan.

Rossiya delegatsiyasiga Bosh vazir Dmitriy Medvedev, Qozog'iston hay'atiga Bosh vazir Karim Masimov boshchilik qilgan. Prezident Putin uning ta'biricha, "muvaqqat prezident Senat raisi Nig'matulla Yo'ldoshevga" Islom Karimov vafoti bilan ta'ziya bildirgan.

Biroq Afg'oniston vitse-prezidenti, general Abdurashid Do'stum o'zining ta'ziyasini Bosh vazir Shavkat Mirziyoevga yo'llagan.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev, Qozog'iston Prezidenti Nursulton Nazarboev, Belorus Prezidenti Aleksey Lukashenko, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'on, Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy ham Islom Karimov vafoti munosabati bilan O'zbekiston xalqiga hamdardlik yo'llaganlar.

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Prezident Islom Karimov vafotidan qayg'uga botganini ma'lum qilgan.

AQSh prezidenti Barak Obama O'zbekiston rahbari Islom Karimovning vafoti munosabati bilan qilgan bayonotida Qo'shma Shtatlar O'zbekiston xalqining qayg'usiga sherikligini aytdi va "AQSh O'zbekiston bilan hamkorlikka, uning mustaqilligi, xavfsizligi va uning barcha fuqarolari huquqlariga asoslangan kelajagiga sodiq qolishi"ni qayd etdi.

Sobiq Ittifoqning birinchi va oxirgi prezidenti Mixail Gorbachyov ham O'zbek xalqiga ta'ziyasini bildirgan.

ShHT bosh kotibi Rashid Alimov O'zbekiston xalqi va marhumning yaqinlariga o'zining chuqur hamdardligini izhor etdi.

Toshkent masjidida Islom Karimov haqqiga duo qilinib, ramziy janoza namozi o'qilgan.

Фото муаллифлик ҳуқуқи AP

Samarqandda prezident Islom Karimov bilan vidolashuv marosimi boshlangan.

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters

Samarqandda Islom Karimovni oxirgi yo'lga kuzatish uchun 17 mamlakat delegatsiyalari tashrif buyurishgan.

Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Karimovning oila a'zolaridan hol so'ragan.

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters

Vidolashuv hukumatning Samarqanddagi qarorgohida bo'lib o'tgan.

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters

Dafn marosimini Bosh vazir Shavkat Mirziyoev ochib bergan.

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters

Karimov tobutini eng avval Shavkat Mirziyoev va Rustam Azimov ko'tarib borishgan.

Janoza namozi Registon maydonida muftiy Usmonxon Alimov tomonidan o'qilgan.

Фото муаллифлик ҳуқуқи BBC Uzbek

Islom Karimov Hazrati Hizr qabristonida tuproqqa qo'yilgan.

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters

Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз: +44 78-58-86-00-02.

  • ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek ёки BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook- BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comга тўсиқ бўлса, uzbekweb.netга киринг.

Бу мавзуда батафсилроқ