Shavkat Mirziyoyev iqtisod va marhum Karimovning ruhi haqida

Фото муаллифлик ҳуқуқи COURTESY

Mirziyoyevga ko'ra, 70 foiz paxta tola tumanda ishlab chiqariladi. "Mana shu paxta tolasini rayonda ishlab chiqaramiz. Rayonda fabrikalar quramiz. Mana shu haligi ipak chiqaradigan emas, buyum chiqaradigan, oxirgi mahsulot ishlab chiqaradigan... Fermerni o'sha tekstil kombinatni a'zosi qilamiz. Bir chanoq ham u kombinatga kirishi kerak", deb aytgan janob Mirziyoy

Shuningdek, u hukumatning yagona maqsadi o'zbek xalqi turmushini yaxshilash ekanini, marhum prezident Islom Karimov ko'rsatib bergan "nurli yo'l"dan "qayrilmay" davom etilishini urg'ulagan.

"... prezidentimiz barhayot"

"Ana shu prezidentimiz hayot, barqaror shuni davom qilamiz. Har kuni shu inson bilan maslahat qilib, yonimizda turgandek, yonimizda maslahat berib, faqat ular ruhi shod bo'lib, "hayotda bekor yashamagan ekankuman", degan niyatlarini biz eshitsak, baribir, shu Xudo taolodan eshitamiz. Xudo taolodan nima hisobidan eshitamiz, xalqimiz roziligidan. Agar xalqimiz rozi bo'lsa, prezidentimiz ana shu niyatlari amalga oshadi. Ana shu uchun, biz butun vujudimiz bilan harakat qilamiz", deya davom etgan Shavkat Mirziyoyev.

Janob Mirziyoyev Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi Issiqlik elektr stansiyasi (IES) hamda "Guliston Medtexnika" O'zbekiston-Britaniya qo'shma korxonasini ham borib ko'rgan.

Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrida kam ta'minlangan oilalar uchun ko'p qavatli turar-joy qurish loyihasi bilan ham tanishgan.

Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryoda viloyatidagi paxtakorlar bilan uchrashuvini BBCUZBEK ning YouTube kanalida ko'rishingiz mumkin.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TЕLЕGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.