Shavkat Mirziyoev - qudratda bir oy

Ўзбекистон муваққат президенти Шавкат Мирзиёевнинг Сирдарё вилоятида бўлиши

Bundan roppa-rosa bir oy oldin - 8 sentyabr kuni O'zbekiston Senati va Qonunchilik palatalarining qo'shma majlisida Bosh vazir Shavkat Mirziyoev mamlakatning muvaqqat prezidenti etib ma'qullandi.

O'zbekistonni 27 yil mobaynida boshqarib kelgan Islom Karimovning vafotidan keyingi prezidentlik saylovi 4 dekabrga belgilandi.

Bugun Shavkat Mirziyoevning Markaziy Osiyoning aholisi eng ko'p mamlakatini boshqarayotganiga 1 oy bo'ldi.

Bir oy ichida O'zbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan Shavkat Mirziyoev qator qonunlarni imzoladi, kadrlar siyosatida o'zgarishlar yasadi, oddiy o'zbekistonliklarning shikoyatlari uchun virtual qabulxonani ishga tushirdi, prezidentlikka nomzodning saylovoldi targ'iboti amallari sifatida ko'rilayotgan boshqa o'zgarishlar va islohotlar va'dalarini berdi.

Muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoevning 1 oylik faoliyatiga nazar tashlangan videoni BBC O'zbek xizmatining YouTubedagi kanalida tomosha qiling.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

◾TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

◾Instagram - BBC UZBEK

◾Twitter - BBC UZBEK

◾Odnoklassniki - BBC UZBEK

◾Facebook- BBC UZBEK

◾Google+ BBC UZBEK

◾YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

◾Skype - bbcuzbekradio

◾bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.