O'zbekiston muftiysi dunyoning nufuzli 500 musulmoni orasida

Usmanov Фото муаллифлик ҳуқуқи Getty Images

Ummonda joylashgan Sultonlik Islomiy Strategik Tadqiqotlar markazi tomonidan 6 oktyabrda "Dunyoning eng qudratli 500 musulmoni" ro'yxati e'lon qilingan.

Ushbu ro'yxat 2009 yildan beri Amerikaning George Town universiteti qoshidagi Shahzoda Al-Valid bin Talal markazi bilan hamkorlikda muntazam ravishda chop etib kelinadi.

Dunyoning eng qudratli musulmonlari ro'yxatini misrlik Shayx Ahmad Muhammad al-Toyib boshlab beradi.

Ikkinchi o'rinda Iordaniya podshohi Abdulloh ibn al-Husayn va Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdul Aziz al Saud keladi.

Yuqori beshlikdan Marokash podshohi Muhammad VI va Eron Oliy diniy ruhoniysi Oyatulloh Said Ali Homanaiy joy olganlar.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'on sakkizinchi o'rinda.

O'zbekistonni o'tgan yildagi kabi mamlakat Bosh muftiysi Usmon Alimov namoyon etgan. Muftiy ro'yxatda 138 o'rinni egallagan.

Kitobda Usmon Alimovga berilgan izohda 2007 yilda YuNESKO tomonidan poytaxt Toshkentning "Islomiy madaniyat markazi" deb topilishida qo'shgan hissasi qayd etiladi.

Shuningdek, alohida ro'yxatda Rio Olimpiadasida Hasanboy Do'stmatov, Ruslan Nuriddinov, Shahobiddinov Zoirov, Fazliddin G'oibnazarov kabi olimpiada chempionlari doxil O'zbekistonni namoyon etgan 13 sovrindor sportchilar nomlari ham keltirilgan.

2013 yilda marhum prezident Islom Karimov ilk bor dunyoning eng qudratli musulmonlari ro'yxatiga kiritilgandi.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov uchinchi bor eng nufuzli musulmonlar qatoridan joy olganlar.

Mualliflar Imomali Rahmon 1993 yildan beri Tojikiston Prezidenti lavozimini egallab kelayotgani va 2013 yilda to'rtinchi muddatga saylanganini qayd etganlar. Shuningdek, Rahmon haj amalini ado etgani va 2007 yilda familiyasida musulmoncha bo'lmagan "ov" qo'shimchasidan voz kechgani aytib o'tilgan.

Tojikiston ulamolar kengashi raisi Saidmukarram Abdulqodirzoda ham bu yilgi ro'yxatga kiritilgan.

Tojikistonda so'fizmning naqshbandiya oqimi rivojlanayotgani aytiladi.

2016 yil Rio olimpiadasida Tojikistondan yagona sovrindor, olipiada chempioni Dilshod Nazarov ham taniqli musulmonlar ichida.

Checheniston Prezidenti Ramzan Qodirov oldingi yillardagi kabi ro'yxatdan joy olgan.

Ro'yxatda musulmon liderlari yoki ulamolarining siyosatdan tortib din, matbuotdan tortib, san'at, ilm-fan va taraqqiyotga qo'shgan hissalari inobatga olinadi.

"Dunyoning eng qudratli 500 musulmoni" ro'yxati mualliflari bildirishicha, bu kabi tadqiqotlar Islom olamining dunyoga ijobiy ta'siriga xizmat qiladi, odamlarning Islom dinini yaqindan anglashlariga ko'maklashadi va Islomning maqsadi tinchlik va taraqqiyot ekanini ta'kidlaydi.

BВСO'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

•◾TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•◾Instagram - BBC UZBEK

•◾Twitter - BBC UZBEK

•◾Odnoklassniki - BBC UZBEK

•◾Facebook- BBC UZBEK

•◾Google+ BBC UZBEK

•◾YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•◾Skype - bbcuzbekradio

•◾bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.