O‘zbek muxolifati qurultoyi qoldirildi

Фото муаллифлик ҳуқуқи OZODLIK.ORG
Image caption Muhammad Solih

O'zbekiston Xalq Harakati Istanbulda o'tishi rejalangan qurultoyi so'nggi soatlarda keyinga qoldiril

Muxolifat vakillari O'zbekistonda prezident Islom Karimov o'limidan keyingi vaziyatni muhokama qilish Istanbulda to'planishgandi.

Yig'in boshlanishiga bir soat qolganda mahalliy huquq-tartibot idorasi rasmiylari kelishgan va tadbirni boshqa kunga qoldirishni so'rashgan.

Rasmiylar buni Turkiyadagi joriy favqulodda vaziyat bilan izohlashgan.

"Biz bugun bu yerda yig'ilib, O'zbekistondagi vaziyat yuzasidan o'z fikrlarimizni bildirish va ularni sizlar bilan muhokama qilishni maqsad qilgan edik. Lekin, Istanbul hokimiyati vakillari kelib, bizdan uzr so'radi va Turkiyadagi favqulotda holat va siyosiy vaziyat sabab, bu qurultoyimizni boshqa kunga ko'chirishni iltimos qildi", deya tushuntirish berdi O'zbekiston Xalq Harakati hamda "Erk" partiya raisi Muhammad Solih.

Muhammad Solihning aytishicha, "favqulodda holat bekor bo'lganidan keyin, albatta, qurultoy o'tkaziladi".

Joriy yilning 15-iyulida Turkiyada amalga oshmay qolgan harbiy to'ntarish ortidan joriy qilingan favqulotda vaziyat kuchda qolmoqda.

Qurultoyda ishtirok etish uchun 150 dan ortiq odam yig'ilgan. O'zbekistondan kutilgan 4 kishidan bir nafarigina yetib kelgan. Aytilishicha, qolganlar aeroportda to'xtatib qolingan.

To'planganlar orasida Qirg'iziston sobiq ombudsmani va Oliy majlis deputati Tursunboy Bakir o'g'li, Rossiyadan jurnalist va tahlilchi Orxan Jamol, Istanbuldagi "Turkiston Birligi Jamiyati" raisi Burxon Qovunchilar ham bor.

• Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

• TЕLЕGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.di.