O‘zbek miniatyura san’ati Moskvani ham zabt etmoqda

Image caption "Mana soliqdan ozod qilinganmiz", deydi yana bir miniatyurachi usta Rasul Halimov.

Moskvada bo'lib o'tgan "Rossiya xalq hunarmandchilik buyumlari" yarmarkasida o'zbekistonlik ustalar ham o'z amaliy san'atlari namunalarini namoyish etishdi.

O'zbekistonlik ustalar qo'lidan chiqqan o'yma lagan va metall ashyolar, Sharq durdona asarlari asosida ipak qog'oz, turli hajm va shakldagi yog'och qutichalar sirtiga solingan tasvirlar, jang san'ati, ov manzaralari aks etgan buyumlar Moskvada ham o'z xaridorlarini topayotganini kuzatish mumkin bo'ldi.

"Bu kabi asarlarni Buxoroda ham ko'proq Yevropalik sayyohlar sotib olishadi", deydi o'zbekistonlik miniatyurachi rassom Feruz Temurov. "Chunki, qo'l mehnati u tomonlarga ko'proq qadrlanadi... O'zbekistonda ham qadrlanadi, ammo ishi qiyin bo'lgani uchun narxi ham o'shanga yarasha bo'ladi. Shuning uchun, o'zimizda ularni sotib oluvchilar kamroq".

Sobiq Sho'ro davrida miniatyura san'ati qariyb yo'qolib ketish darajasida bo'lgani, mustaqillik davrida esa mazkur san'at ham "o'zlikka qaytish, azaliy qadriyatlarni" tiklash shiori ostida qayta rivoj topgani, miniatyurachi rassomlar doirasi kengayib borayotgani haqida gapiriladi.

"Eski shaharga borganingizda sanoqligina 2-3 nafar odam bu ish bilan shug'ullanardi... tushunishmagan bu narsani... Hozir oddiy bir Buxoroning eski shahar qismiga o'tsangiz, har 50 metrda bo'lsa kerak. Nafaqat miniatyurachilik, balki... hunarmandchilik o'zi rivojlanyapti. Mana soliqdan ozod qilinganmiz", deydi yana bir miniatyurachi usta Rasul Halimov.

Suhbatdoshlar miniatyura O'zbekiston tarixiy-madaniy boyligining bir qismi ekanligi, ushbu san'at turini saqlab qolish hamda avlodlarga yetkazish muhim ekanini urg'ulaydilar.

Image caption Suhbatdoshlar miniatyura O'zbekiston tarixiy-madaniy boyligining bir qismi ekanligi ta'kidlashadi

"Biz o'z ajdodlarimizning buyukligi bilan faxrlanamiz. Kelajak avlod o'z tarixini bilishi va Temur, Ulug'bek va Ibn Sino kabi insonlar bugun ham tug'ilishi mumkinligini anglashi muhim", deydi o'zbekistonlik miniatyurachi rassom Feruz Temur

Suhbatni to'la BBCUZBEK ning YouTube kanalida tomosha qila olasiz.

Hunarmandchilik ko'rgazmasi

Tarixdan birinchi Butunrossiya hunarmandchilik ko'rgazmasi 1902 yilda bo'lib o'tgani ma'lum. U paytlar ko'rgazmalar bu qadar dabdabali bo'lmagani aniq.

Ko'rgazma Madaniyat vazirligi doxil Turizm bo'yicha federal agentlik, Rossiya savdo-sanoat palatasi yordamida o'tkaziladi.

Xalq hunarmandlari esa, ko'rgazma tashkilotchilari da'vo qilishicha, butun dunyodan o'zlarining eng yaxshi mahsulotlarini olib kelishadi.

Ular orasida Rossiyaning turfa mintaqalarida yog'och o'ymakorligi, kulolchilik, zargarlik va to'qimachilik namunalarini ko'rish mumkin.

Deyarli barcha mahsulotlar ko'zni qamashtiradigan darajada go'zal.

Bu go'zallik ortida esa zamonaviy kompyuter chizmalari emas, balki usta san'atkorlarning qo'l mehnati turganini sezish qiyin emas.

Bu haqdagi lavhamiz BBCUZBEK ning YouTube kanalida

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TЕLЕGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiringov.