O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Dushanbeda

Фото муаллифлик ҳуқуқи Internet -courtesy
Image caption O'zbekiston hukumat hay'atiga Bosh vazir o'rinbosari Rustam Azimov boshchilik qilmoqda

O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi yirik hay'at Dushanbega yetib borgan va bugun ikki davlat o'rtasidagi qo'shma komissiya o'z ishini boshlag

Oxirgi 20 yildan ortiqroq vaqt asnosida O'zbekistondan Tojikistonga ilk bor bu kabi yirik hay'at tashrif buyurmoqda. Hay'at tarkibida O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o'rinbosarlari, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlar rasmiylari, Davlat Bojxona Xizmati raisi movuni va boshqalar borligi xabar qilinadi.

Dushanbedagi Bi-bi-si manbasi ikkitomonlama uchrashuvlar kun tartibidagi asosiy masalalar savdo-iqtisodiy, madaniy sohalar, bojxona tizimlari orasida hamkorlik, temir yo'llar va avtotransport yo'llari qatnovini yo'lga qo'yish ekanini aytadi.

Ma'lumki, O'zbekiston poytaxtini Farg'ona vodiysi bilan bog'laydigan temir yo'llar va avtotransport yo'llarida qatnov 1990 yillar boshlaridan beri deyarli to'xtatib qo'yilgandi.

Tojikiston transport vaziri Sherali Ganjalzodaning matbuotga bildirishicha, bu borada tayyorlangan maxsus loyiha ham ko'rib chiqiladi.

Avvalroq, Toshkent va Dushanbe o'rtasida aviaqatnovlarni qayta yo'lga qo'yish to'g'risidagi Protokol imzolangani va birinchi parvoz 2017 yil yanvaridan boshlanishi haqida xabar qilingandi.

Bugun boshlangan yig'in jarayonida O'zbekiston va Tojikiston o'rtasida 2000 yil joriy qilingan viza tartibini yengillashtirish masalasi ham ko'rib chiqilishi kutiladi.

Ertaga O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari Rustam Azimov Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashishi rejalangan.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TЕLЕGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.