O‘zbekistonlik muhojir: "Vatanni sevish kerak"

Фото муаллифлик ҳуқуқи BBCuzbek
Image caption Sanjar asli Toshkentdan

Markaziy Osiyodan har yili Rossiyaga millionlab mehnat muhojirlari kelisha

Sho'rolar davrida kuzatilmagan mazkur holat ortidagi asosiy sabab esa mintaqa, ayniqsa, O'zbekistondagi og'ir iqtisodiy sharoit, ishsizlik bilan izohlanadi.

Ishlab oila boqish maqsadida kelganlar orasida Rossiyada doimiy yashab qolayotganlari ham oz emas.

Hozirda Moskvada taksi haydovchisi bo'lib ishlayotgan Sanjar asli Toshkentdan.

BBCUZBEK bilan suhbatda Sanjar doimo vatan sog'inchi bilan yashashi haqida gapiradi.

"Hukumatni yaxshi ko'rmaslik mumkin, rahbarlarni... ular bilan hamfikr bo'lmaslik mumkin. Ammo, tuz yeb katta bo'lgan joyingni sevishing shart", deydi u.

Sanjarga ko'ra, Rossiyada ishlab pul topish ham oson emas, ayniqsa, iqtisodiy inqiroz vaziyatni mushkullashtirgan.

"Bu yerda hammasi oson, yengil, deb o'ylamanglar... Qiyinchiliklar bor. Aldanib qolish mumkin... Hujjatlar to'g'ri bo'lsa, ham deportatsiya qilishlari, politsiya nohaq to'xtatib pul talab qilishi mumkin. Hozir iqtisodiy inqiroz bois mintaqalarda ish yo'q. Men ham ish yo'qligi tufayli Ufadan Moskvaga keldim".

Sanjar O'zbekistondagi iqtisodiy ahvolni yaxshilash uchun har bir odam harakat qilishi lozimligini aytadi.

"Biz o'z yurtimizni o'zimiz ko'tarishimiz kerak. Chetdan kelayotganlar hech qachon ko'tarmaydi... Bizda xalq ko'paymoqda... Ishchi kuchi bor. Tiklanish uchun barcha zahiralar mavjud. Ammo bizda pora bor, uni ruslar borib qilayotganlari yo'q. Bizda ta'lim abgor... Chunki hamma narsani pul bilan qilishga o'rganayapmiz. Ta'lim sifatini ko'tarish kerak. Ketib tahsil olayotgan yosh mutaxassislarga vatanga qaytishni uqtirishimiz zarur. Ko'plab katta maqsadlarni ko'zlagan yoshlar, ketsalar, qaytib kelmaydilar. Men xorijda ta'lim olishga qarshi emasman, ammo ular o'z vatanlari uchun foyda keltirishlari lozim", deydi Sanjar.

Sanjar bilan videosuhbat BBCUZBEK ning YouTube dagi kanalida

"Muhojirlikning qattiq noni" deb nomlangan maxsus loyihamizni kuzatib boring

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TЕLЕGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring