'Америка - Ўзбекистон муносабатларида кескин ўзгаришларни кутмайман'
Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

'O‘zbekiston va G‘arb munosabatlarida katta o‘zgarish kutilmaydi'

O'zbekiston va Amerika Qo'shma Shtatlari o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatilganiga 25 yil to'lgani munosabati bilan o'zaro tabrik maktublari yo'llangan.

O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmatiga ko'ra, AQSH rahbari maktubida "ikki tomonlama munosabatlarda erishilgan ko'plab natijalar" dan faxrlanish mumkinligi e'tirof etilgan hamda kelajakda ham "mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik sohasidagi umumiy maqsadlar" yo'lida hamkorlikda ishlashga umid bildirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev esa o'z tabrigida o'zaro manfaatdorlikka asoslangan strategik sheriklik har ikki tomon uchun ham foydali ekanini ta'kidlagan.

Pastu baland munosabatlar

O'tmishdan ma'lumki, O'zbekiston-AQSH o'rtasidjagi chorak asrlik munosabatlar silliq kechgani yo'q.

2001 yil sentyabr hujumlari ortidan Vashington Toshkentdan "terrorga qarshi" urushni dastaklashni so'rarkan, aloqadar yangi bir bosqichga ko'tarilgandi.

Vashington buning uchun o'n million dollarlab haq to'lgan va O'zbekistonni hamkor sifatida 'bag'riga bosgandi'.

Mazkur munosabatlar 2005 yili hukumat kuchlari Andijondagi namoyishchilarni o'qqa tutib yuzlab insonni o'ldirar ekan, nogahoniy nihoya topgan. AQSH xalqaro tekshiruvni talab qilgan, O'zbekiston rad etgandi.

Muzlagan munosabatlar keyinchalik uzoq muddatli, sekin-asta erish davrini boshdan kechirdi. Yangi sahifalar ochildi.

Bugun O'zbekistonda ham, Amerikada ham yangi rahbarning iqtidorga kelgani munosabatlarda qandaydir o'zgarishlar yasashi mumkinmi?

O'zbekistonlik siyosatshunos va universitet o'qituvchisi Farhod Tolipovga ko'ra, aloqalarda juda keskin o'zgarishlar yuz berishini kutish mumkin emas.

"Ikki davlat orasidagi munosabatlar hech qachon yagona shaxsga bog'liq bo'lib qolmaydi. Uning obyektiv qonuniyatlari bor va bu ushbu qonuniyatlar asosida quriladi... o'ziga xos mexanizmlar bor. Ana shu mexanizmlar asosida yangicha loyihalar bilan rivojlantirilishi mumkin", deydi Farhod Tolipov.

O'tgan yil oktyabrida prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Samarqandda AQSH Davlat Kotibining siyosiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Tomas Shennon bilan muzokaralar olib borgandi.

Muzokaralar chog'ida ikki tomon, jumladan, siyosiy aloqalarda "ko'zga ko'rinarli natijalar"ni qo'lga kiritish niyatida ekanliklarini tasdiqlashgandi.

Amerikalik diplomatlar inson haqlarining buzilishini O'zbekiston bilan aloqalarning rivojlanishiga to'sqinlik qilayotgan asosiy omil sifatida ko'radilar.

AQSH yangi ma'muriyatining O'zbekiston bilan munosabatlarda inson haqlariga qanchalik e'tibor qaratishi noma'lum.

O'zbekiston-Britaniya

Ayni paytda O'zbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatilganiga ham 25 yil to'lgan.

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov britaniyalik hamkasbi Boris Jonsonga tabrik maktubi yo'llar ekan, "O'zbekiston Buyuk Britaniyani muhim xalqaro sherik hamda dunyoning ulkan siyosiy, iqtisodiy, texnologik va intellektual salohiyatga ega bo'lgan yetakchi va nufuzli mamlakatlaridan biri sifatida" qabul qilishi aytgan.

Shuningdek, tabrikda O'zbekiston Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qilish istiqbollariga ishonch bilan qarashi qayd qilingan.

Ma'lumki, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Alan Dunkan o'tgan dekabr oyi O'zbekistonga borgan va O'zbekiston yangi rahbariyati e'lon qilgan islohotlarni dastaklagan va bu mamlakatdagi sarmoya muhitini sezilarli darajada o'zgartirishini aytgandi.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02.

TЕLЕGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02.Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02.