Andijonda goʻsht narxi 29 ming soʻm qilib belgilandi

Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov goʻsht narxini 29 ming soʻmdan oshirmaslik haqida koʻrsatma bergan.

Видеони You Tube каналимизда томоша қилинг.

Viloyat hokimligiga koʻra, 18 iyulь kuni oʻtgan yigʻilishga mahalliy qassoblar ham taklif etilgan.

622 ta qassobxonaning barchasida goʻshtni 29 ming soʻmdan sotishga "kelishilgan".

Soʻnggi kunlarda Oʻzbekiston boʻylab goʻsht narxining koʻtarilishi kuzatilmoqda.

BBCga aytaman: Toshkent bozorlari olibsotarlar qo'lida

Hukumat narxlarni nazorat qilish uchun maxsus komissiya tashkil etgan.

Ammo tahlilchilar aholining daromad va xarid quvvati pastligiga eʼtibor qaratishadi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002

Agar matnda imlo xatosi bo'lsa, bizga bildiring.