Futbol, JCH-2017: Xitoy-O'zbekiston, ishqibozlikni ko'ring

Футбол Фото муаллифлик ҳуқуқи Getty Images

O'zbekiston so'nggi bosqich saralash bellashuvlari doirasida safarda Xitoyga qarshi "A" guruhidagi hal qiluvchi yakuniy ikkita uchrashuvidan bittasini o'tkazadi.

Mahalliy ishqibozlar esa, aftidan, allaqachon ishqibozlikni boshlab yuborishgan ko'rinishadi.

Oldindagi o'yinlarning ahamiyatini nazarda tutsangiz, aslida, bundan boshqacha ham bo'lishi mumkin emasdek...

Agar, Osiyo qit'asidan 2018 yilgi jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri chiqmoqchi bo'lsa, O'zbekiston bu o'yinda albatta g'alaba qozonishi shart, deb ko'riladi.

Chunki guruhga ajratilgan naqd ikkita yo'llanmadan bittasi muddatidan ilgari peshqadam Eronga nasib etib bo'lgan.

Ikkinchi yo'llanma esa, yakuniy ikki uchrashuv natijasiga muvofiq, guruhda ikkinchi o'rinni egallagan milliy terma jamoaga tegadi.

Hozir O'zbekiston egallab turgan uchinchi o'rin sohibi esa, yarimta yo'llanmani 'butun' qilish uchun avvaliga Osiyo, so'ngra qit'alararo play-off bosqich bellashuvlarida g'alaba qozonishi shart bo'ladi.

Xitoy - O'zbekiston uchrashuvi Uxan shahridagi Wuhan Sports Center stadionida bo'lib o'tadi.

Bellashuv Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi.

Toshkentdan olingan xabarlarga ko'ra, "Sport TV" telekanali ushbu o'yinni jonli efirda uzatishni rejalashtirgan.

Bu ikki raqib jamoa shu paytgacha 11 marotaba o'zaro to'qnash kelgan.

Ulardan 6 tasida O'zbekistonning qo'li baland kelgan.

Qolgan 4 o'yinni Xitoy o'z foydasiga hal qilgan.

Bir uchrashuv esa, durang natija bilan yakunlangan.

O'zbekistonga halicha jahon chempionatiga chiqish nasib etmagan.

Xitoydan keyingi so'nggi raqib esa, 5 sentyabr kuni Osiyoning jahon chempionati ta'mini bevosita tatigan sanoqli jamoalaridan biri - Janubiy Koreya bo'ladi.

Buyog'iga esa, izohga hojat ham yo'qdek...

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Алоқадор мавзулар

Бу мавзуда батафсилроқ