Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Islom Karimov nima uchun Islomdan qo‘rqadi?

O‘zbekiston hukumati Islom va musulmonlarga nisbatan siyosatini qayta ko‘rib chiqishi kerak. Toshkentdagi mustaqil Ekspert Ishchi Guruhi olib borgan tadqiqot xulosasi ana shunday.

Unda birinchi marta O‘zbekistonda aholining diniy qarashlariga doir olib borilgan so‘rov natijalari ham keltirilgan.

Mamlakatdagi yagona "Ijtimoiy fikr" omma so‘rovi 2008 yilda olib borgan tadqiqotga ko‘ra, so‘nggi yillarda Xorazm, Samarqand va Farg‘ona vodiysida aholining dindorlik darajasi oshgan.

Ekspert Ishchi guruhi O‘zbekiston hukumati ushbu holatdan jiddiy tashvishga tushgani va O‘zbekistondagi diniy ekstremizmga qarshi kurash aslida aholining dindorlik darajasiga qarshi kurash ekanini aytgan.

"Ijtimoiy fikr" markazining sobiq tadqiqotchisi, va hozirda Parijda yashayotgan siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning Bi-bi-siga aytishicha, "asosiy keng olingan vazifa jamiatning dindorlik darajasini imkonqadar past ushlab turish."

Unga ko‘ra, aholi orasida dinning kuchayishi odamlarning ijtimoy adolat qidirishiga olib keladi va hukumat dindon aholi muxolifatga aylanadi degan xulosaga kelgan.

Janob Rabbimov, hukumatning dindorlikka qarshi kurashini samarasiz amal deb biladi.

Unga ko‘ra, Prezident Islom Karimov dunyoviylikni afzal ko‘radi, ammo dunyoviylik tamoyili dinga zulm o‘tkazish uchun qo‘llanmasligi kerak.

Tadqiqot xulosasiga binoan, Islom dinida farz bo‘lgan amallarga qarshi kurashish bilan dindorlarning dinga munosabatini o‘zgartirib bo‘lmaydi. "Ularning davlatga dushmanga aylanishdan boshqa chorasi qolmaydi," - deydi Kamoliddin Rabbimov.