Qochqinlarni qutqarish qo‘mitasi Qozog‘istondagi o‘zbek qochqinlari himoyasiga piket o‘tkazadi

Namoyishlar avval Ovro‘poning boshqa qator shaharlarida bo‘lib o‘tgandi
Image caption Namoyishlar avval Ovro‘poning boshqa qator shaharlarida bo‘lib o‘tgandi

Qochqinlarni qutqarish qo‘mitasi Qozog‘istondagi o‘zbek qochqinlari himoyasiga piket o‘tkazadi

Qochqinlarni qutqarish qo‘mitasi Venada Qozog‘istondagi 30ga yaqin o‘zbek qochqinini O‘zbekistonga ekctraditsiya qilish borasidagi qaroriga qarshi norozilik chiqishlari o‘tkazishni rejalamoqda.

Venada Ovro‘poda Xavfsizlik va Hamkorlik yig‘ini boshlangan bo‘lib, norozilik aktsiyasi ushbu tashkilot qarorgohi tashqarisida bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilarga ko‘ra, maqsad Ovro‘po jamoatchiligini o‘zbek qochqinlari himoyasiga diqqatini tortishdir.

Qozog‘iston tomoni to‘rt oydan buyon hibsxonada saqlanayotgan bu qochqinlarni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi talabiga ko‘ra ekstraditsiya qilinishi yuzasidan qaror chiqargan.

Qochqinlarni qutqarish qo‘mitasi o‘tgan sentyabr oyida ham Jeneva, Kopengagen, Berlin, Stokgolm, London, Vashington, Kiyev va Praga kabi qator shaharlarida, 5-7 oktyabr kunlari esa Varshavada norozilik chiqishlari o‘tkazishgan va o‘zbek qochqinlarini O‘zbekistonga qaytarib yuborilmaslikni talab qilishgandi. Qochqinlarni qutqarish qo‘mitasi ushbu norozilik chiqishlari ijobiy natija berayotganini aytadi.

Venadagi norozilik aktsiyasi 22-oktyabrgacha bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bi-bi-si tashkilot a‘zolaridan birini suhbatga tortgan.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Бу мавзуда батафсилроқ