Jizzaxda paxtadan qaytayotgan o‘quvchilar avtohalokatga uchragan

Jizzax tumanida paxta yig‘im-terimidan qaytayotgan maktab o‘quvchilari o‘tirgan "RAF" mikroavtobusi boshqa avtomobil bilan to‘qnashishi oqibatida 34 yoshli maktab o‘qituvchisi Marhabo Sodiqova vafot etgan.

To‘rt o‘quvchi og‘ir ahvolda Jizzaxdagi shoshilinch tibbiy ko‘mak shifoxonasiga yetkazilgan.

Fojea 20 oktyabr kuni kechki soat 5 larda Jizzax tumaniga qarashli Hamid Olimjon nomidagi xo‘jalik hududida ro‘y bergan.

Jizzaxlik inson huquqlari faoli Baxtiyor Hamroyevga ko‘ra, tumandagi 12-maktabning o‘n besh nafarcha maktab o‘quvchisi o‘tirgan mikroavtobusga "VAZ" rusumidagi avtomobil kelib urilgan.

Oqibatda maktab o‘qituvchisi Marhabo Sodiqova hodisa joyida olamdan ko‘z yumgan.

Avtohalokat sababi noma‘lum, viloyat va tuman rasmiylari fojea sababini aniqlashga va‘da berishgan.

Bi-bi-si voqea tafsilotini bilish uchun jizzaxlik inson huquqlari himoyachisi Baxtiyor Hamroyev bilan bog‘landi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди