Yuz minglab yangi ish o‘rinlari mehnat muhojirlarini jalb eta oladimi?

Xabarlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi mobaynida O‘zbekistonda 800.000 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Yaratilgan ish o‘rinlarining muayyan qismi kasanachilikni rivojlantirish hisobiga to‘g‘ri kelishi aytiladi.

Mustaqillik ortidan O‘zbekistondagi ko‘plab yirik korxona va fabrikalarning yopilib ketishi katta sondagi aholining ishsiz qolishiga sabab bo‘lgan.

Aholisi 28 millionli O‘zbekistonda yetarli ish o‘rinlarining yo‘qligi, borlarida ham oylik maoshlarining haminqadarligi esa, millionlab fuqarolarning mehnat muhojirligiga yuz tutishlariga olib kelgan.

Bugun Rossiya, Qozog‘iston kabi yaqin va uzoq xorijda o‘zbekistonliklarning, hatto, butunboshli oilalari bilan mehnat muhojirligida band ekanliklarini ko‘rish mumkin.

O‘zbekistonlik muhojirlar mehnat qilayotgan davlatlar bilan o‘zaro mehnat shartnomasining yo‘qligi sabab, ularning hech bir huquqsiz, nihoyatda og‘ir sharoitlarda pul topishga majbur bo‘layotganlari aytiladi.

Hatto, Qozog‘istonu Rossiyada qullikda tutib turilgan o‘zbekistonliklar haqida ham ko‘plab xabarlar paydo bo‘lgandi.

Xo‘sh, so‘nggi yangilikka o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining munosabatlari qanday? Biz ushbu savol bilan Rossiyada pul topayotgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining biriga murojaat qildik:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди