Jurnalist Abdumalik Boboyev ustidan hukm o‘z kuchida qoldirildi

Abdumalik Boboyev
Image caption Jurnalist O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlash, tarqatish, tuhmat, haqorat va chegarani noqonuniy kesib o‘tish bandlari bo‘yicha ayblanib, mahkamaga tortilgandi

Toshkentdagi appelyatsiya mahkamasi "Amerika ovozi" radiosining muxbiri Abdumalik Boboyevga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirgan.

Jurnalist O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlash, tarqatish, tuhmat, haqorat va chegarani noqonuniy kesib o‘tish bandlari bo‘yicha ayblanib, mahkamaga tortilgandi.

Shu yilning 15 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yakuniy mahkama jarayonida jurnalistga O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 223-moddasi bo‘yicha qo‘yilgan ayblov bekor qilinib, qolgan uchta modda bo‘yicha aybdor deb topilgan va unga 400 minimal ish haqi (18 million 86 ming so‘m) miqdorida jarima solingandi.

O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 223-moddasi "Chegarani noqonuniy kesib o‘tish"ni ko‘zda tutadi.

Malik Mansur taxallusi ostida "Amerika ovozi" radiosining O‘zbek xizmati bilan hamkorlik qilgan Abdumalik Boboyev tergov jarayonida o‘ziga qarshi ilgari surilgan ayblovlarni tan olmagan.

Jurnalistning ishini yaqindan kuzatib borayotgan o‘zbekistonlik inson huquqlari himoyachilari ham unga qo‘yilayotgan ayblarning soxta ekanini aytishgandi.

O‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarda aybdor deb topilgan taqdirda, jurnalistning 5 yildan 8 yilgacha qamoq jazosiga hukm etilishi kutilgandi.

Amerika tomoni mahkamaning yakuniy hukmi ortidan jurnalist Abdumalik Boboyevga qamoq jazosi berilmaganidan mamnun ekanligini izhor etgandi.

Bundan ikki kun oldin AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Robert Bleyk O‘zbekistonga ikki kunli tashrifi chog‘ida Abdumalik Boboyev bilan uchrashgandi.

AQSh Davlat kotibi yordamchisi O‘zbekiston hukumati mulozimlari bilan uchrashuvlari chog‘ida jurnalistning taqdiriga e‘tibor tortib kelayotgani, uning mahkama jarayonini boshdan-oyoq diqqat-markazlarida ekanini aytgandi.

Biz Abdumalik Boboyevga bog‘lanib, mahkama jarayoni qanday o‘tgani haqida so‘radik:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

BBCUZBEK.COM tahririyati SMS raqami +447786201124