Сўнгги янгиланиш 18 ноябр 2010 - 20:03 GMT

'Dindorlarga nisbatan tazyiq va qiynoqlar kamaymayotir'

Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistondagi diniy erkinliklarning ahvoli xavotirga sabab bo‘layotganini yana bir marta ta‘kidlagan.

Davlat departamentning yillik hisobotida O‘zbekiston diniy erkinliklar qo‘pol ravishda toptalayotgan davlatlar sirasiga kiritilgan.

Hisobotda diniy huquqi kamsitilgan qator shaxslarning nomlari ham keltirilgan.

Ular orasida shu yil boshida diniy-siyosiy ayblar bilan olti yilga mahkum etilgan jurnalist Xayrullo Hamidov ham bor.

Mustaqil Inson Huquqlari Tashabbus Guruhi rahbari Sur‘at Ikromov Bi-bi-siga so‘nggi mahkama jarayonlari va qiynoqlar haqida gapirib bergan.

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.