Maishiy zo‘ravonlar qayerda qanday jazolanishadi?

Britaniya hukumati xotin-qizlarga qarshi maishiy zo‘ravonliklarning oldini olish uchun yangi rejaga qo‘l urmoqchi.

Yangi rejaga muvofiq, hatto ayblarini isbotlash uchun dalillar yetarli bo‘lmasa ham, zo‘ravonlar vaqtinchalik hibsga olinishadi.

Britan hukumatining yangi rejasi Xalqaro Maishiy zo‘ravonliklarga qarshi kurash kuni munosabati bilan e‘lon qilingan.

Bu maishiy zo‘ravonliklarga barham berolmayotgan har qanday hukumat qo‘yishi kerak bo‘lgan qadamdir.

Ya‘ni, ayollarni maishiy zo‘ravonliklardan himoya qilish uchun zo‘ravonlar ikki sutkadan to‘rt haftagacha uylarini tushlarida ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Britan hukumatining ayrim tanqidchilariga ko‘ra, lozim bo‘lgan dalillarsiz ish tutish politsiyaga haddan ziyod vakolat berib yuboradi.

Biroq britan hukumatining aytishicha, bu kabi tashabbuslar Avstriya, Olmoniya, Polьsha va Shveytsariyada allaqachon ish bergan va bu kabi xavotirlarga asos yo‘qdir.

Actionaid International xalqaro tashkilotining bugun e‘lon qilgan raqamlariga ko‘ra, har uch ayoldan bittasi o‘z umrlari davomida jinsiy yoki jismoniy zo‘rlanishadi.

Xalqaro tashkilotning aytishicha, maishiy zo‘ravonliklar nafaqat ayollarning jarohat olishlari yoki o‘limi bilan yakunlanadi.

Balki qizlarni maktabga borish, ayollarni pul topish va o‘z ovozlariga ega bo‘lishlaridan ham mahrum etadi.

Xalqaro tashkilotga ko‘ra, barcha inson huquqlari orasidan ayollarga nisbatan maishiy zo‘ravonliklar eng muntazam tus olganidir.

Va hukumatlarning qat‘iyat ko‘rsatib, maishiy zo‘ravonliklarga birato‘lasiga barham berishlarining vaqti yetgan.

Maishiy zo‘ravonlik hollari O‘zbekistonda ham keng ildiz otgan. O‘zbekistonda ayollar orasida yuz berayotgan suiqasd hollariga ham asosan maishiy zo‘ravonliklar sabab bo‘lishi aytiladi.

Ayrim xalqaro tashkilotlar esa, O‘zbekistonda xotin-qizlarning himoyasi uchun, hatto, maxsus qonunning ham yo‘qligiga e‘tibor qaratishadi.

Xo‘sh, shunday bir manzarada ayollar o‘z himoyalari yo‘lida nimalarga umid qilishlari mumkin bo‘ladi? Suhbatdoshimiz O‘zbekistondagi "Ezgulik" inson haqlarini saqlash jamiyati raisi Vasila Inoyatova:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди