O‘zbekistonda 'Xalq manfaatlari' deya nomlangan yangi partiya dunyoga kelmoqda

Image caption Руҳиддин Комилов

O‘zbekistonda bir guruh huquq faollari yangi partiya tuzishga kirishganlar. "Xalq manfaatlari" deb nomlangan yangi partiyani tashkil etishga taniqli advokat Ruhiddin Komilov boshchilik qilmoqda.

Avvalroq prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ygan Abdullo Tojiboy o‘g‘li ham ushbu tashabbusga qo‘shilgan.

Hozircha yangi partiya tashkiliy qo‘mitasi tuzilib, qo‘mita tarkibiga 20 nafarga yaqin odam ishtirok etgan.

Tashkilotchilar bosh maqsadlari o‘zbekistonliklarning birlamchi haq-huquqlarini ta‘minlash va bepul tibbiy xizmat hamda ta‘limga e‘tibor qaratish ekanini aytishadi. Biz batafsilroq Ruhiddin Komilovning o‘zidan so‘radik.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди