Hillari Klinton: men Islom Karimovni inson haqlarini yaxshilashga chaqirdim

Image caption AQSh Davlat kotibasi Hillari Klintonni Toshkent aeroportida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov kutib olgan

O‘zbekistonga tashrif buyurgan AQSh Davlat kotibasi Hillari Klinton Prezident Islom Karimovni mamlakatdagi inson huquqlarining ahvolini yaxshilashga chaqirgan.

Ostonadagi Ovro‘poda Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining sammitidan bu yerga bosing Bishkekka, kunning ikkinchi yarmida esa Toshkentga borgan AQSh Davlat kotibasini Toshkent aeroportida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov kutib olgan.

"Men Prezident Karimov bilan uchrashdim. Men uni inson huquqlari va fundamental erkinliklar to‘la himoya qilinishi yo‘lidagi qator choralar vositasida o‘zining sodiqligini namoyish etishga da‘vat qildim", deb aytgan Klinton xonim.

AQSh Davlat kotibasi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan muzokaralardan keyin Toshkentda jurnalistlar bilan uchrashmagan, biroq Klinton xonimning yordamchilari jurnalistlarga Oqsaroyda ko‘tarilgan mavzularni ma‘lum qilganlar.

Bundan ma‘lum bo‘lishicha, janob Karimovga O‘zbekistondagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat haqida mujda berilgan.

Reyters axborot agentligi Klinton xonim so‘zlaridan iqtibos keltiradi.

"Biror bir mamlakat, jumladan Qo‘shma Shtatlar ham bu sohada(ya‘ni inson huquqlari sohasida) dono emas. Shunday ekan, biz sizning hukumatingizga diniy va matbuot erkinliklari, qiynoq yoki bolalar mehnati singari masalalarda gapirar ekanmiz, buni biz o‘zaro hurmat ruhida qilamiz", degan Klinton xonim.

AQSh Davlat kotibasi aytishicha, Islom Karimov yaqinda demokratik erkinliklarni kengaytirishga va‘da bergan va hozir "gapni amalga ko‘chirish" fursati yetgan.

"Bu choralarda biz dastaklov va ko‘makka tayyormiz", degan Hillari Klinton.

Prezident Karimov bilan uchrashuvidan keyin Amerika davlat kotibasi o‘zbekistonlik inson huquqlari himoyachilari, jurnalistlar, nohukumat tashkilotlar vakillari bilan uchrashgan.