'Uch karra Osiyoning eng zo‘r hakami bo‘lish - ulkan mas‘uliyat degani'

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan ketma-ket uchinchi bor "Osiyoning eng zo‘r hakami," deb topilgan Ravshan Ermatov O‘zbekistonda katta shodiyonalar bilan kutib olingan.

Kecha Malayziyadan qaytgan Ravshan o‘z hakamlik faoliyati davomida erishgan olamshumul yutuqlari bilan Osiyo futbol tarixiga kirgan.

Halicha na-da sobiq Sho‘ro davlatlari va na-da o‘zbekistonlik hakamlardan birortasi bu kabi maqomga loyiq deb topilmagan.

Ravshan Ermatov Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan so‘nggi Jahon chempionatida ham eng zo‘r hakamlardan biri deb ko‘rilgandi.

2010 yilgi Jahon chempionatining ilk uchrashuvini ochib berish bilan Ravshan tanimaganga ham o‘zini tanitgan, bir birinchilikning o‘zida besh bellashuvga hakamlik qilish bilan esa, nomi xalqaro rekordchilar ro‘yxatiga ham kirgan.

Ravshan maydondagi "o‘z o‘rni" bilan dunyoning manaman degan futbolchilari, mutaxassislari va murabbiylarining hurmatlarini qozongan.

Kimga ishqibozlik qilishlaridan qat‘inazar, o‘zining xolis va professional faoliyati bilan esa, dunyodagi har qanday "mukkasidan ketgan" futbol ishqibozining ham ko‘nglini topa olgan.

Biz o‘zbekistonlik dongdor hakam Ravshan Ermatov bilan bog‘lanib, eng avvalo g‘alabasi bilan qutladik:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди