Samarqandda hokim almashinuvi aholi hayotida nimalarni o‘zgartiradi?

Samarqand viloyati hokimining navbatdagi almashinuvi mahalliy aholi hayotida qanday o‘zgarishlar yasashi mumkinligi haqidagi savolga oddiy samarqandliklar turlicha qarashadi.

Ayrim samarqandliklar esa, hatto, hokimning o‘z vazifasidan chetlatilgani haqida eshitishmabdi ham ekan.

Mahalliy aholi vakillari yangi hokim nafaqa va maoshlarni oshirish, ishsizlikni kamaytirish borasida chora-tadbirlar ko‘rishi lozimligini istashadi.

17 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Samarqandga borib, viloyat hokimi O‘ktam Barnoyevni ishdan olgan va o‘rniga shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Zoyir Mirzoyevni tayinlagandi.

Ayrim xabarlarga ko‘ra esa, O‘ktam Barnoyev o‘z xohishi bilan ishdan ketgan.

Har doim kuzatiladigani esa, O‘zbekiston prezidenti biror bir viloyat hokimini lavozimidan chetlatguncha, yo paxta yoki g‘alla tayyorlash rejasi bajarilmagani yoki mansab suiste‘molchiligi kabi kamchiliklar rahbarni ishdan olinishiga sabab bo‘lgani aytiladi.

Muxbirmiz Mustahkam Tangriyorova samarqandlik bir necha kishini suhbatga chorlagan:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди