'O‘zbekistonda ayrim mahsulotlar narxi bir yilda ikki baravarga ko‘tarildi'

Jahon bo‘ylab oziq-ovqat narxlari misli ko‘rilmagan darajada ortgani qayd etilar ekan, O‘zbekistonda ham ayrim mahsulotlar narxi 2010 yil davomida ikki baravarga ko‘tarilgan.

Bu borada O‘zbekistondagi Mustaqil Inson huquqlari Tashabbus guruhi tarqatgan hisobotda aytiladi.

O‘zbekistonda 2010 yil davomida ish haqi uch marta- ja‘mi 40 foizdan ortiqroqqa oshirilgan.

Biroq, tarqatilgan hisobotga ko‘ra, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 50 % dan 100 % gacha ko‘tarilgan.

Bi-bi-si qashqadaryolik oila boshlig‘i bilan bog‘lanib, so‘nggi narx-navolar uning oilasi iqtisodiga qanchalar ta‘sir qilgani haqida so‘radi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди