Farg‘ona vodiysida Islomiy jangarilar bosh ko‘tarayotgani rostmi?

Image caption Qirg‘iziston rasmiylarining islomiy jangarilik borasidagi da‘volari qanchalar asosli?

Qirg‘iziston rasmiylari mamlakat hududida o‘zbek guruhlari, O‘zbekiston Islomiy Harakati va "Islomiy jihod ittifoqi"ga mansub jangarilar faoliyatda ekanini da‘vo qilib kelishadi. O‘tgan iyun oyida kechgan milliy nizolarda ham ushbu guruhlarning qo‘li borligi aytilgandi. Mazkur hodisalardan so‘ng boshlanib ketgan hibsga olishlarda bir necha o‘zbek imomlari jihodga chaqirganlikda ayblanib mahkum etilgan. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmati rahbari birinchi o‘rinbosari Marat Imanqulovga ko‘ra, "mazkur guruhning faollari va rahbarlari Pokiston va Afg‘onistondagi maxsus jamloqlarda tayyorlovdan o‘tishgan" va "...ularning asosiy maqsadlari Farg‘ona vodiysi hududida xalifalik barpo etishdir". Qirg‘iz mulozimlarining xususan Farg‘ona vodiysida jangarilik avj olayotgani bilan bog‘liq iddaolari qanchalik asosli? Biz bu haqda farg‘onalik inson huquqlari faoli Abdusalom Ergashevdan so‘radik:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди