Toshkentda fevraldan issiq suv narxi 20 foizga oshadi

Fevral oyi boshidan O‘zbekiston poytaxtida hisoblagichi bo‘lmagan aholi uchun issiq suv narxi 20 foizga qimmatlaydi, deya xabar beradi "Gazeta.uz" veb sahifasi.

"Gazeta.uz"ga ko‘ra, bu haqda "Toshissiqquvvati" Ishlab chiqarish birlashmasi ma‘lum qilgan.

"Toshissiqquvvati" Ishlab chiqarish birlashmasi issiq suv narxlarini oxirgi bir yilda uchinchi bor ko‘tarayotir.

O‘tgan yil oktyabrida Toshkentda hisoblagichi bo‘lmagan uylarda issiq suv narxi 8.5 foizga qimmatlagandi.

O‘shanda birlashma issiq suv narxining ko‘tarilishini energetik va boshqa resurslar narxining ko‘tarilishi bilan izohlagan edi.

"Toshissiqquvvati"ning bildirishicha, hisoblagichi bo‘lmagan uylarda fevraldan boshlab, har bir odamdan oyiga 5 ming sumga yaqin to‘lov talab qilinadi.

Bu galgi qimmatlashuvni birlashma energiya zahiralarini tejash va aholini suv hisoblagichlarni o‘rnatishga rag‘batlantirish zarurati bilan izohlagan.Ayni damda ko‘plab

toshkentliklar to‘lovlarning davomli o‘sib borishidan norozi ekanliklarini aytishadi.