O‘zbekistonda yana bir jurnalist va inson huquqlari faoli qo‘lga olindi

Фото муаллифлик ҳуқуқи a

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyatining Toshkent viloyati bo‘limi faoli, jurnalist Tursunbek To‘razoda (Tursunqul Ostonaqulov) Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani IIB tomonidan hibsga olingan.

Hodisa 7 fevral kuni yuz bergan. Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, jurnalist tovlamachilikda ayblanmoqda.

"Ezgulik" tashkiloti bu xususda tarqatgan bayonotda aytilishicha, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan huquq himoyachisini qo‘lga olish operatsiyasiga puxta hozirlik ko‘rilgan, hibs jarayonini Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi vakillari tasvirga olishgan.

Tashkilot Tursunbek To‘razodani bundan avval ham hibsga olishga urinish bo‘lgani, ummo uning hushyorligi tufayligina bu ish amalga oshmay qolganini aytadi.

"Ezgulik"ka ko‘ra, huquq himoyachisi va jurnalistning qo‘lga olinishida vositachilik qilgan “jabrlanuvchi”lar shaxsi haqida hozircha ularda ma‘lumot yo‘q.

Tursunqul Ostonaqulovning joriy paytda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar bo‘limining tergov izolyatorida saqlanayotgani aytiladi.

U 2001-03 yillarda “Ozodlik” radiosining O‘zbekiston byurosida muxbir, 2003-04 yillarda “Hurriyat” gazetasida maxsus muxbir, 2004-06 yillarda O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati Sirdaryo viloyati bo‘limi faoli, 2006-2010 yillarda Xalqaro Inson huquqlari qo‘mitasi Sirdaryo viloyati bo‘limi raisi va so‘nggi oylardan O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyatining Toshkent viloyati bo‘limida faoliyat olib borayotgan bo‘lgan.

Biz "Ezgulik" jamiyati a‘zosi Abdurahmon Tashanov bilan bog‘lanib, hibs tafsilotlari bilan qiziqdik:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди