O‘zTV jurnalistlarining da‘vosi bo‘yicha mahkama ishi boshlandi

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayhontoxur tuman sudi "Yoshlar" telekanalining sobiq muxbirlari Malohat Eshonqulova hamda Saodat Omonovalarning noqonuniy ishdan bo‘shatilganlik haqidagi da‘volarini ko‘rib chiqmoqda.

Ikki jurnalist davlat televideniyesidagi tsenzura, mahalliychilik va korruptsiyadan shikoyat qilishlari ortidan o‘tgan yilning dekabrida ishdan bo‘shatilgandi.

6 dekabr kuni Toshkentdagi hukumat uyi qarshisida namoyish o‘tkazgan jurnalistlar televideniye raisi Alisher Ho‘jayev hamda "Yoshlar" telekanali rahbari Hayrullo Nuriddinov, shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari Abdulla Oripovning iste‘fosini talab qilishgan.

Televideniye rahbariyati jurnalistlarning da‘volarini rad etgan va ular sababsiz ishga kelmaganlari uchun ishdan bo‘shatilganliklarini aytgan.

Malohat Eshonqulova seshanba kungi mahkama jarayoni tafsilotlari haqida BBCga gapirib bergan.