Ravshan Ermatov: 'Men butun Yaponiya xalqiga o‘z hamdardligimni izhor etdim'

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi qaqshatqich zilzila va halokatli to‘fondan jabr ko‘rgan Yaponiya klublarining qit‘a chempionlar ligasida ishtirok etish imkonlarini chamalarkan, o‘zbekistonlik taniqli hakam Ravshan Ermatov 5 aprel kuni Osaka shahrida bo‘lib o‘tishi rejalangan uchrashuvga hakamlik qilishi lozim.

Yaponiyadagi uchrashuv "Kerezo Osaka"(Yaponiya) va "Jenbuk Hunday Motors"(Janubiy Koreya) klublari orasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Yaponiya 11 mart kuni yuz bergan dahshatli tabiiy ofatlardan o‘ziga kelarkan, ikki jamoasi faqat mezbonda Osiyo chempionlar ligasining saralash bosqich uchrashuvlarida ishtirok eta olgan, xolos.

Yaponiyaning o‘zida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan o‘yinlarning taqdiri esa, hozircha savol ostida qolmoqda.

Ammo yaponiyalik mas‘ullar guruh bosqich saralash uchrashuvlarini rejaga muvofiq 11 maygacha yakunlashga muvaffaq bo‘lishlarini ham ta‘kidlashmoqda.

Ular o‘z stadioni vayron bo‘lgan jamoalarga Yaponiyaning boshqa yeridagi stadionlar, bu ham imkonsiz bo‘lgan taqdirda, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan neytral bir stadion taklif etilishini aytishmoqda.

Biz taniqli hakam Ravshan Ermatov bilan bog‘lanib, bo‘lajak uchrashuvi haqida nimalar ma‘lumligi haqida so‘radik:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

O‘z o‘rnida, Yaponiya milliy chempionatidagi mart oyiga rejalangan barcha uchrashuvlar bekor qilingan.

Yaponiya milliy terma jamoasining Montenegroga qarshi 25 mart kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan o‘rtoqlik uchrashuvi ham qoldirilgan.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining sharqiy osiyolik raqiblari bilan rejalangan ikki o‘rtoqlik uchrashuvi esa, Tokiodan Toshkentga ko‘chirilgan.

O‘rtoqlik uchrashuvlarining 26 va 29 mart kunlari O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Ayrim xabarlarga ko‘ra, yaponiyalik futbolchilar O‘zbekistonga 22 mart kuni yetib kelishadi.

O‘zbekiston Olimpiya milliy terma jamoasi yaqinda Turkiyada to‘rtta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib qaytgandi.

O‘zbekistonlik futbolchilarning so‘nggi Yozgi Osiyo O‘yinlari va qit‘a kubogida ko‘rsatgan o‘yinlari esa, aynan o‘rtoqlik uchrashuvlarining milliy terma jamoa uchun ahamiyati muhim ahamiyatga ekani ekanini ko‘rsatgandi.

O‘zbekiston Olimpiya milliy terma jamoasi 2012 yilgi London Yozgi Olimpiada O‘yinlarining final bosqich bellashuvlariga chiqish huquqini qo‘lga kiritish niyatida.

O‘z navbatida, O‘zbekiston chempioni "Bunyodkor" va "Al-Ittihod" (Saudiya Arabistoni) orasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionlar ligasining saralash bosqich uchrashuvi ham ishqibozlarning Yaponiyadagi tabiiy ofat qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlangan.