"Gagarinning odamlarga, ishiga va dunyoga munosabati boshqacha bo‘lgan" - fazogir Solijon Sharipov

Qirg‘izistonlik asli o‘zbek fazogir Solijon Sharipov Yuriy Gagarinning ilk marta fazoga uchishining 50 yilligi munosabati bilan kosmonavtikaning buguni va kelajagi, hamda Gagarinning qanday inson bo‘lgani haqida BBC bilan suhbatlashdi.

"Gagarin bilan yaqin ishlaganlar aytishadi, uning odamgarchiligi juda boshqacha, odamlarga muomalasi juda boshqacha, ishga muomalasi, dunyoga muomalasi boshqacha bo‘lgan. Hammaning ichidan bekorga Yuriy Alekseyevich chiqmagan, uni Xudo tanlagandi, degan gap-so‘zlar yuradi", - deydi asli o‘zbek fazogir.

Solijon Sharipov har bir kosmonavt fazoga safaridan oldin Yuriy Gagarinning "poyexali!" degan chaqirig‘ini xitob qilishini aytadi.

"Erdan bir millimetr ko‘tarilishi bilan hamma baqirib aytadi "Poyexali!". Men ham ikki marta fazoga uchgan bo‘lsam, ikki marta ham ana shu so‘zni takrorlaganman", - deydi janob Sharipov.

BBC suhbat boshida Solijon Sharipovni kosmonavtika kuni bilan tabrikladi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди