O‘zbek militsiyasiga qarshi navbatdagi qiynoq iddaolari

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining sobiq xodimi o‘zbek militsiyasini o‘ziga nisbatan qiynoq qo‘llashda ayblagan.

2010 yilning mayida o‘g‘irlikda gumon qilinib, hibsga olingan Dilshod Hamzayevning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentning Yunusubod tuman militsiyasi xodimlari iqrorlik ko‘rsatmasi olish maqsadida uni ayovsiz qiynoqqa solgan.

Britaniyada tahsil olgan va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida tarjimon bo‘lib ishlagan Dilshod Hamzayev o‘zining aytishicha, hodisadan so‘ng "oilaviy ahvoli" tufayli ishdan bo‘shashga majbur bo‘lgan.

U qiynoq qo‘llagan xodimlarni javobgarlikka tortishni talab qilib, prokuratura idoralariga qilgan murojaatlari natijasiz tugaganini aytadi.

Qiynoq qurbonini himoya qilayotgan norasmiy O‘zbekiston Inson huquqlari Alyansi Yunusubod tuman militsiya boshlig‘i va bir necha xodimlarni javobgarlikka tortishni talab qilmoqda.

BBC murojaat qilgan Yunusobod tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Parda Ahmedov qiynoq qo‘llagani da‘vo qilinayotgan xodimlarning hozir ham ishlayotganini tasdiqladi, ammo majlisda ekanini aytib, keyinroq bog‘lanishni so‘radi.

BBC bilan suhbatda Dilshod Hamzayev qiynoqlarni tasvirlab berdi:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди