Stokholmda o‘zbek muxolifatchilari Andijon qirg‘inini xotirlashmoqda

Shvetsiya poytaxti Stokholm shahrida o‘zbek muxolifatchilari Andijon hodisalarining 6 yilligiga bag‘ishlab, namoyish o‘tkazmoqdalar.

Namoyish muxolifatdagi "Erk" demokratik partiyasi tomonidan tashkillashtirilgan.

Unda O‘zbekiston hukumatiga muxolifatda bo‘lgan o‘zbek faollari bilan bir qatorda Shvetsiyadagi uyg‘ur, ozariy va turk jamoalari vakillari ham ishtirok etmoqdalar.

Namoyishchilar G‘arbdan rasmiy Toshkent bilan hamkorlik qilmaslikni talab qilishmoqda.

"Bu yerda "O‘zbekistondagi inson huquqlariga e‘tibor ajrat Ovro‘po!", "Diktator bilan hamkorlik qilma!" degan shiorlar deydi namoyish tashkilotchilaridan biri, jurnalist Qudrat Bobojon.

U Stokholmning markaziy maydoni Rigstagda namoyish o‘tkazish uchun shved hukumatidan ruxsat olinganini aytadi.

Qudrat Bobojonga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan kunduzgi 12:30 ga borib, namoyishchilar soni 50 ka yaqinlashgan.

"Ularning soni o‘sishda davom etayapti," deydi u.

Bi-bi-si namoyish o‘tkazilayotgan bir paytda Qudrat Bobojonga bog‘landi:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди