Toshkentda tezligi bir lahzada 20 metrni tashkil etgan shamol bo‘lib o‘tdi

Фото муаллифлик ҳуқуқи gazeta.uz

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligidan ma‘lum qilishlaricha, Toshkent shahrida 16 may kuni tezligi bir soniyada 20 metrni tashkil etgan shamol bo‘lib o‘tgan.

Toshkentliklar soat 17-18 lar orasida kuchli shamolning guvohi bo‘lganlar.

Favqulodda vaziyatlar vazirligidan bildirishlaricha, shamol shaharning bir necha hududlarida daraxtlarni yiqitgan.

Oqibatda bir necha avtomobilga shikast yetgan, reklama e‘lonlari, gaz quvurlari va elektr simlari uzilgan

"Yiqilgan daraxtlar qari, chirigan daraxtlar bo‘lgan", deyishdi Favqulodda holatlar vazirligi xodimlari.

Rasmiy mulozimlarga ko‘ra, shamol qurbon va talofotlarga sabab bo‘lmagan.

Toshkentdagi "Gazeta.uz" Internet-sahifasi xabar berishicha, tabiat hodisasidan bir soat o‘tib, avariya brigadalari shamol keltirgan talofotlarni bartaraf etishga kirishganlar.

Siz Toshkentdamisiz? Kuchli shamoldan keyingi ahvol guvohi bo‘lgan bo‘lsangiz, o‘z ko‘rganlaringiz, imkoni bo‘lsa suratlaringizni BBCUZBEK.COM o‘quvchilari bilan bo‘lashing!

BBCUZBEK.COM tahririyati SMS raqami +447786201124