O‘zbekiston va Hindiston qiymati 2 mlrd dollardan ziyod shartnomalarni imzolashdi

Фото муаллифлик ҳуқуқи AFPGetty

O‘zbekiston Milliy Axborot Agentligi -O‘zAning xabar berishicha, Prezident Karimovning Hindistonga ikki kunlik davlat tashrifi chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga doir qiymati 2,2 mlrd dollardan ziyod shartnomalar imzolangan.

Prezident Karimovning "davlat tashrifi asnosida imzolangan iqtisodiy sohaga oid hujjatlarning umumiy qiymati 2,2 milliard AQSh dollaridan oshadi," deb xabar beradi O‘zA.

Imzolangan 30 dan ziyod shartnomalar yoqilg‘i energetikasi, axborot texnologiyalari, to‘qimachilik, farmatsevtika, bank va savdo sotiq sohalarini qamrab olgan.

Hindistonning yetakchi "Oil and natural gas corporation" neft-gaz kompaniyasi bilan hamkorlikda uglevodorod zahiralarini izlash, razvedka qilish va o‘zgartirishga, "Navoiy" erkin industrial-iqtisodiy zonasida optik tolali kabel ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalarni, substansiyalar va turli tibbiy dori vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda," deb ta‘kidlanadi O‘zbekiston Milliy Axborot Agentligi xabarida.

Xabarda shuningdek O‘zbekiston rahbarining yuqori hind mulozimlari bilan mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokam etgani ta‘kidlangan.

"Tomonlar qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilib, ushbu mamlakatda tezroq tinchlik va barqarorlik qaror topishi muhim ahammiyatga ega ekanini ta‘kidladilar," deyiladi O‘zA xabarida.