Сўнгги янгиланиш 26 май 2011 - 16:59 GMT

CPJ: O‘zbek rasmiylari 'Amerika ovozi' muxbiriga bosimni to‘xtatishi kerak

Xalqaro Jurnalistlarni himoya qilish tashkiloti e‘lon qilgan bayonotga ko‘ra, O‘zbekiston rasmiylari"Amerika ovozi" muxbiri Abdumalik Boboyevga bosim o‘tkazishni to‘xtatishlari va jurnalistning O‘zbekistondan tashqariga chiqishiga ruxsat berishlari lozim.

"O‘zbek rasmiylari bizning hamkasbimiz Abdumalik Boboyevga davom ettirayotgan ta‘qiblarini to‘xtatishlari va uning mamlakatdan chiqishiga ruxsat berishlari lozim. Jurnalistga qarshi mahkama o‘tib ketgani allaqachon ortda qoldi - unga qarshi har qanday jazo choralari zudlik bilan olib tashlanishi kerak", deb aytgan Xalqaro Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi direktorining o‘rinbosari Robert Maxoni.

O‘tgan yili sentyabrida "Amerika ovozi" radiosining muxbiri Abdumalik Boboyevga qarshi O‘zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tish, tuhmat, haqorat va jamoat xavfsizligiga tahdid uyg‘otadigan materiallarni tayyorlab tarqatish ayblovlari bilan mahkama boshlangan, oktyabr oyida Toshkent shahar mahkamasi ushbu bandlar bo‘yicha jurnalistni aybdor deb topgan edi.

"Boboyevga qarshi ilgari surilgan ayblovlar uni 15 yilga ozodlikdan mahrum etishga olib kelishi mumkin edi. Xalqaro miqyosdagi noroziliklar sabab mahkama Boboyevni aybdor deb topgan, biroq ozodlikdan mahrum etmadi. Mahkama uni 18 million O‘zbek so‘mi(taxminan 8000 AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortdi", deyiladi Jurnalistlarni himoya qilish tashkiloti tarqatgan bayonotda.

Abdumalik Boboyevning aytishicha, uni Hamburg shahridagi Siyosiy ta‘qib etilganlar uchun Hamburg jamg‘armasi malaka oshirish uchun Olmoniyaga taklif etgan.

Jurnalist uchun tahsil bir yilga mo‘ljallangan va malaka oshirish shu yilning 1 aprelidan boshlangan.

Abdumalik Boboyev mart oyida mamlakatdan tashqariga chiqish vizasi olishni so‘rab murojaat etgan.

Unga chiqish vizasini olish so‘rovi rad etilgani haqida ma‘lum etishgan, biroq jurnalistga "masalasi hali ko‘rib chiqilayotgani" aytilgan.

"Men buni mahkama ishi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak deb prokuratura vakillari bilan uchrashdim. Prokuratura mening chetga chiqishimga qarshi emasligini rasman ma‘lum qildi", deydi Abdumalik Boboyev.

Ammo shu kungacha ham jurnalist nega o‘ziga chiqish vizasi berilmayotgani sababini bilmasligini aytadi.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.