Bosh vazir hisobot berishi O‘zbekiston demokratlashayotganini anglatadimi?

Bosh vazir  Shavkat Mirziyoyev Фото муаллифлик ҳуқуқи AFP Getty
Image caption Shavkat Mirziyoyev 2003 yildan buyon O‘zbekiston Bosh vaziri

O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston parlamenti quyi palatasi vakillari oldida hisobot beradi.

Parlamentning qaysi majlisida Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev hisoboti tinglanishi ma‘lum qilinmagan.

Xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston bosh vaziri jamiyatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish yo‘lida qanday ishlar bajarilayapti, O‘zbekistonda 2011-yil e‘lon qilingan "Kichik va o‘rta tadbirkorlik yili" dasturi doirasida nimalar qilingani haqida hisobot berishi kerak.

O‘zbekiston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Rustam Azimovdan Qonunchilik palatasi deputatlari davlat byudjeti haqida, Bosh vazir o‘rinbosari Abdulla Oripovdan O‘zbekistondagi tibbiyot tizimining bugungi ahvoli haqida eshitmoqchilar.

Bundan oldin O‘zbekiston parlamentiga bosh vazirga ishonchsizlik bildirish vakolatini beruvchi qonun qabul qilingan, ushbu o‘zgarishlar Prezident Karimovning o‘tgan yil noyabridagi ma‘ruzasidan keyin jamiyatda partiyalar rolini oshirish maqsadidagi amallar ekani aytilgan.

O‘zbekiston bosh vaziridan o‘z faoliyati haqida hisobot berish tartibi joriy etilayotgani haqidagi xabar xorijdagi O‘zbek muxolifati Arab dunyosidagi o‘zgarishlardan ruhlanib, O‘zbekistonda hukumatni tinch yo‘l bilan almashtirish maqsadidagi choralarga qo‘l urganlarini e‘lon qilishlari ortidan yuz bermoqda.

Xo‘sh, O‘zbekistonda nega bugunga kelib hukumatdan hisobot talab qilinayapti? Ushbu savolni biz o‘zbekistonlik siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimovga berdik.