Qafas ichida yotgan Misr sobiq prezidenti haqida o‘zbek tarixchisi fikrlari

Image caption Husni Muborak Misrni qariyb 30 yil idora qildi.

Britaniyada nashr etiluvchi yetakchi ro‘znomalar payshanba kuni bosh sahifalarida Misrning sobiq prezidenti Husni Muborakning qafas ichida yotgani aks etgan suratlarni chop etgan.

Cobiq prezident Husni Muborak va uning ikki o‘g‘li aksil-hukumat namoyishlarini kuch bilan bostirish va yirik miqdordagi Misr boyligini o‘zlashtirishda ayblanmoqdalar.

"Gardian" o‘z maqolasini "Qari chol qafas ichida zambilda yotibdi" deb boshlaydi.

Ro‘znomaning izohlashicha, bu tasvir "nasihat" uchun berilmagan.

"Inqilobning qonli merosidan paydo bo‘lgan tasvir Misr demokratiyasi vujudga kelayotganidan ham dalolat bo‘lishi mumkin. Sakson uch yoshga kirgan qari cholning o‘z o‘g‘illari bilan birga panjara ortida yotgani juda kuchli tasvir. Bu - haqiqiy inqilobiy lahza," deb yozadi "Gardian".

83 yoshli sobiq prezident aprel oyida yurak xuruji bilan Sharm ash-Shayxdagi harbiy shifoxonaga yotqizilgan edi.

Husni Muborak va uning ayoli Syuzann noqonuniy boylik to‘plash aybi bilan so‘roq qilingan.

Misrdagi islohotchilarning ishonishicha, Muborak xonadoni qudratda ekan o‘nlab milliard dollar boylik to‘plagan.

Muborak oilasi barcha ayblarni rad etadi

Butun dunyo matbuoti kecha namoyish etgan Husni Muborak tasvirlari O‘zbekiston matbuotining nazaridan chetda qolgan.

BBC Husni Muborak ustidan mahkamani internetda kuzatayotganini aytgan o‘zbekistonlik taniqli tarixchi va siyosatshunos Goga Hidoyatovdan bu tasvirlarni ko‘rganda nimalar xayolidan kechgani haqida so‘radi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди