Mustaqillikning 20 yiliga O‘zbekiston ichkarisi va tashqarisidan nazar

Фото муаллифлик ҳуқуқи RIA Novosti

Prezident Islom Karimov O‘zbekiston mustaqillik yillarida "erkin va ozod hayot qurish"ga erishganini ta‘kidlagan.

Chorshanba kuni Toshkentda xorijiy diplomatlar qarshisida gapirgan janob Karimov aholisi 28 milliondan oshib ketgan O‘zbekistonni boy va farovon davlat sifatida ko‘rish orzusida ekanini aytgan.

U shuningdek, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga va‘da bergan.

Janob Karimovning 20 yillik boshqaruvi aynan islohotlarning yo‘qligi uchun tanqid qilib kelinadi.

BBC O‘zbekiston bosib o‘tgan 20 yilga nazar tashlash maqsadida Istanbuldan shoir va muxolifat rahbari Muhammad Solih hamda Toshkentdan O‘zbekiston radiosining siyosiy sharhlovchisi Narzulla Oxunjonovlarni suhbatga tortgan.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди