Rishtonliklar gaz ta‘minoti butkul to‘xtashi haqida ogohlantirildi

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди
Image caption Qish mavsumida gaz ta‘minotidagi uzilishlar Farg‘ona viloyati uchun odatiy holga aylangan

Farg‘ona viloyati Rishton tumani hokimi G‘ayratali Mamadaliyev bu yil qish mavsumida tumanga gaz uzatish butkul uzilishi mumkinligini aytgan.

Bu haqda xabar qilgan O‘zbekiston inson huquqlari himoyachilari tashabbus guruhiga ko‘ra, G‘ayratali Mamadaliyev aholiga uylarni ko‘mir va o‘tin bilan isitishni tavsiya qilgan.

Rishton aholisi gaz ta‘minotidagi uzilishlar oxirgi yillarda odatiy holga aylanganini aytadi.

Mahalliy kuzatuvchilarga ko‘ra, gaz ta‘minotidagi uzilishlar nafaqat Rishton tumani, balki butun Farg‘ona viloyatiga tahdid solmoqda.

O‘zbekiston inson huquqlari tashabbus guruhiga ko‘ra, eng og‘ir vaziyat Oltiariq, Buvayda, Bog‘dod va Rishton tumanlarida yuzaga kelishi mumkin.

BBC rishtonlik maktab o‘qituvchilaridan biriga bog‘landi.